Tasavvur qiling: siz yangi SIM-karta olish uchun Ucell ofisiga keldingiz, uni rasmiylashtirib, o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘lib ketdingiz... va aynan shu lahzada kompaniyaning yubiley abonenti hamda yangi smartfon sohibiga aylanganingizni xayolingizga ham keltirmaysiz.
Toshkent shahridan Dilfuza Tolipova va Toshkent viloyatidan Nilufar G’afforova hayotida ham aynan shunday voqea yuz berdi.

“Ucell-Toshkent” muhim marraga yetdi: poytaxt hududidagi abonentlar soni uch milliondan oshdi. Minnatdorlik belgisi sifatida yubiley abonentlari Ucell ofisiga taklif qilindi va u yerda ularni yoqimli syurpriz — yangi Samsung S26 smartfonlarini tantanali topshirish marosimi kutayotgan edi.
Shubhasiz, g‘oliblarning his-tuyg‘ulari kunning eng asosiy voqeasiga aylandi. Hayrat, tabassum, samimiy minnatdorchilik so‘zlari va oddiy ofisga tashrif ular uzoq vaqt eslab qoladigan kunga aylanganini anglash.

Ammo bu hikoya faqat baxtli tasodif haqida emas.
Har bir yangi abonent ortida har kuni tarmoqni rivojlantiradigan, yangi ofislar ochadigan, tayanch stansiyalar quradigan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etadigan va aloqa yanada sifatli va qulay bo‘lishi uchun hamma zarur choralarni ko`radigan odamlar turadi.
Bu kuni ikki nafar abonent smartfon bilan taqdirlandi. Ammo kompaniya uchun eng katta mukofot — har kuni Ucell’ni tanlayotgan uch million abonentning ishonchidir.