"Ucell-Qarshi" hududiy bo`limi Shahrisabz shahar hokimligi ko‘magida navbatdagi eko-aksiyani o‘tkazdi. "Oqsaroy" tarixiy majmuasi hududida o‘zining yuqori manzaraliligi va hududning iqlim sharoitiga chidamliligi bilan ajralib turadigan lola daraxti - liriyodendronning 100 tup ko‘chati ekildi.
Ekologik loyihalar Ucell faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shahar muhitiga g‘amxo‘rlik qilish va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish parallel ravishda amalga oshiriladi va bir-birini to‘ldiradi. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida to‘qqizta savdo ofisi mavjud bo‘lib, ulardan biri joriy yilda Shahrisabz shahridagi "Arabon" bozori yonida ochilgan. Yaqin kunlarda Qarshi shahrida yana ikkita ofis ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu aloqa xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanishni ta’minlaydi.
Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini to‘ldirib, mintaqada mijozlar uchun maksimal qulaylikka yo‘naltirilgan yangi format - mobil sotuv ofisi ish boshladi. Maxsus avtomobil har kuni aholi zich mahallalar va chekka aholi punktlariga chiqib, aholiga raqamlarni ulash, maslahat berish, SIM-kartalarni rasmiylashtirish va qurilmalarni sotib olishni taklif qilmoqda.
Mansur Eshmuratov, "Ucell-Qarshi" hududiy bo`limi direktori.
“Biz shahar muhitini rivojlantirishni telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlash orqali to‘ldiramiz. Joriy yilda texnik jihatdan sezilarli yutuqlarga erishdik: asosiy obyektlarda qamrov doirasini kengaytirdik va uskunalarni yangiladik. 30 dan ortiq yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi va 30 dan ziyod aloqa nuqtalari zamonaviylashtirildi. Bu o‘zgarishlar signal barqarorligi va mobil internet tezligini sezilarli darajada yaxshiladi, ayniqsa ilgari aloqa bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lgan aholi punktlarida”.
Ekologik loyihalar, tarmoqni rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish yagona yondashuvni shakllantirmoqda, uni Ucell butun respublika bo‘ylab amalga oshirib, aholining hayot sifatini yaxshilamoqda. Eko-aksiyalar barcha hududiy bo‘linmalarda o‘tkazilib, mamlakat shaharlarida umumiy o‘zgarishlar ritmini yaratmoqda.
Qashqadaryodan so‘ng yashil estafetani joriy yilda Ucell’ning Buxoro va Navoiydagi hududiy bo`limlari davom ettiradi va yakunlaydi - u yerda ham hududlarning ekologik yangilanishini qo‘llab-quvvatlash uchun daraxtlar ekiladi.
