
Toshkentda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 g‘oliblarini taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ucell yosh dasturchilar o‘rtasidagi eng nufuzli jahon musobaqalaridan birining platina homiysi sifatida ishtirok etdi.

Yakuniy marosim haqiqatan ham samimiy ruhda o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokchilarga shu kunlar davomida yonlarida bo‘lgan insonlarni: haydovchilarni, oshpazlarni, aeroportda kutib olganlarni hamda madaniy dastur uchun javobgar bo‘lgan jamoa mehnatini qarsaklar bilan baholashni taklif qildi. 97 mamlakatdan kelgan yoshlar esa bunga haqiqatan ham baland qarsaklar bilan javob berishdi.
Yana bir kutilmagan sovg‘a — Pavel Durovning tabrigi bo‘ldi. IOI 2026 ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, u yosh dasturchilarga o‘zidan tom ma’noda "bir xabar uzoqlikda" ekanliklarini eslatib, unga dadil murojaat qilishni taklif qildi.

Marosim davomida tashkilotchilar Olimpiada hamkorlariga esdalik mukofotlarini ham topshirdilar. IOI 2026 platina homiysi — Ucell ham o‘z mukofotini qabul qilib oldi.
Keyin esa — medallar. Ko‘plab medallar. Bronza mukofotlarining bir qismini ishtirokchilarga Ucell texnik direktori Sergey Melnikov topshirdi.

O‘zbekiston mezbon mamlakat sifatida IOI 2026 da ajoyib natija ko‘rsatdi. Jahonali Haydaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasining yana uch nafar ishtirokchisi bronza medali sovrindoriga aylandi: Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Timur Kadirbergenov, Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Rahmatullayev va Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jahongirshoh Avazxonov.
Sakkizta mazmunli kun, butun dunyodan kelgan yuzlab eng kuchli yosh dasturchilar, eng murakkab vazifalar va katta xalqaro sahna — Toshkentdagi IOI 2026 o‘z yakuniga yetdi. Ucell uchun esa bu O‘zbekistonda IT-sohasini rivojlantirish hamda texnologik iste’dodlarning yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim loyihadir.