
31 avgustdan 2 sentyabrgacha Toshkentda ilk bor MUZONE Fest 2026 xalqaro elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirning bosh hamkori Ucell bo‘lib, u zamonaviy musiqa madaniyatini rivojlantirish va yosh san’atkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni qo‘llab-quvvatladi. Uch kun davomida "Turkiston" saroyining yozgi maydonchasi elektron musiqa muxlislarini birlashtirdi.
Bir sahnada jahon musiqa sanoatining taniqli vakillari: Marc Vedo va Don Diablo, Vanco va Shimza, Samm va Mestiza chiqish qilishdi. Festival toshkentlik tomoshabinlarni fyuche-xaus va texnodan tortib afro-xausgacha bo‘lgan elektron musiqaning turli yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Dasturda Ucell DJ Contest alohida o‘rin egalladi. Tanlov yosh didjeylarga o‘zlarini tanitish va xalqaro elektron sahnaning taniqli vakillari bilan bir sahnada chiqish imkoniyatini berdi. Boshlovchi san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash Ucell’ning festivaldagi ishtirokining muhim qismiga aylandi va mahalliy musiqa hamjamiyatini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochdi. MUZONE Fest 2026 xalqaro musiqiy dastur, zamonaviy sahna yechimlari va muloqot maydonini birlashtirdi. Yorug‘lik shousi, dam olish joylari va fudkort festival muhitini to‘ldirib, maydonni elektron musiqa ixlosmandlarining uchrashuv joyiga aylantirdi.
Ucell uchun MUZONE Fest 2026’dagi ishtiroki O‘zbekistondagi muhim madaniy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashning davomi bo‘ldi. Kompaniya musiqa orqali odamlarni birlashtiradigan, iste’dodlarni kashf etishga yordam beradigan va yosh ijrochilar uchun imkoniyatlarni kengaytiradigan loyihalarda muntazam ishtirok etadi.