Quvonch bilan xabar qilamizki, “Ucell TV” xizmati doirasida endilikda ikkita yangi obuna mavjud — “Rizanova” va “START”. Endi foydalanuvchilar yanada ko‘p miqdordagi sifatli videokontentdan butun oila bilan, yuqori sifatda va reklamasiz bahramand bo‘lishlari mumkin.
“Rizanova” — o‘zbek kinosining 75 yillik tarixi ekraningizda
“Rizanova” — bu o‘zbek kinosining 75 yildan ortiq tarixini o‘z ichiga olgan eng yirik videokatalog. Klassik va zamonaviy filmlar, seriallar – barchasi yuqori sifatda va o‘zbek tilida.
Obuna tarkibida:
- 500 dan ortiq O‘zbekiston filmlari
- Oltin klassika va yangi premyeralar
- O‘zbek komediyalari, melodrama va dramalari
- Butun oila: bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun kontent
- Musiqiy konsertlar, biografik filmlar, romantik hikoyalar
- Afsonaviy aktyorlar, milliy syujetlar, o‘ziga xos kolorit
Narxi:
- Oylik — 9 000 so‘m
- Kunlik — 900 so‘m
“START” — Rossiya va Turkiyadan eksklyuziv filmlar va seriallar
“START” — bu original Rossiya seriallari, filmlari va shoulari bilan mashhur bo‘lgan yetakchi videoxizmat. Shuningdek, turli janrdagi turk filmlari ham mavjud.
Obuna tarkibida:
- 200 dan ortiq serial va 300 dan ortiq film
- Boshqa platformalarda mavjud bo‘lmagan premyeralar
- Janrlar xilma-xilligi: drama, komediya, melodrama, triller va boshqalar
- Bolalar uchun ta’limiy va ko‘ngilochar kontent
- Butun oila uchun kontent: hujjatli filmlar, yoshlarbop shoular, ko‘rsatuvlar
Narxi:
- Oylik — 16 000 so‘m
- Kunlik — 1 000 so‘m
Qanday qilib obunani faollashtirish va tomosha qilishni boshlash mumkin?
1. Ucell ilovasini o‘rnatib oling va kiring (telefon raqamingizni kiriting va SMSda kelgan parol bilan tasdiqlang).
2. “Xizmatlar” bo‘limida “START” va/yoki “Rizanova” obunasini tanlang hamda shartlari bilan tanishing.
3. Ulanish tugmasini bosing — obuna avtomatik tarzda faollashadi.
4. Obuna tanlangan tarif asosida har kuni yoki har oyda yangilanadi, toki bekor qilinmaguncha.
5. Ilova asosiy ekranidagi Ucell TV (OVVA) banneriga bosing — siz Ucell TV onlayn kinoteatriga o‘tasiz va tomosha qilishni darhol boshlashingiz mumkin.
“Ucell TV” bilan eng yaxshi filmlar va seriallardan bahramand bo‘ling — har qanday didga mos kontent endi yanada ko‘p!
