
Ucell kompaniyasi Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda “Donorlar kuni” xayriya aksiyasini tashkil qildi.
Kompaniyaning 112 nafar xodimi ixtiyoriy ravishda qon topshirib, yuzlab insonlarning hayotini saqlab qolish va salomatligini tiklashga hissa qo‘shdi. Ko‘plab ishtirokchilar uchun mazkur aksiya allaqachon ezgu an’anaga aylanib, kimningdir hayotiga haqiqiy yordam berish imkoniyati bo‘lib qolgan.
Kompaniyada insonlarga g‘amxo‘rlik oddiy, ammo muhim amallardan boshlanishiga ishonishadi. Shu bois Ucell xodimlari har yili donorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, jipslik, mas’uliyat va yordamga tayyor ekanliklarini namoyon etib kelmoqda.