
Hurmatli abonentlar,
SMS-xabarnoma xizmatlarini taqdim etuvchi “Play Mobile” MCHJ 2025-yil 1-martdan boshlab UZCARD tizimidagi kiruvchi SMS xabarnomalari tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi barcha mobil aloqa operatorlari, jumladan Ucell abonentlariga yuboriladigan har bir SMS-xabar narxi 168,4 so‘m etib belgilandi.
Yana bir bor ta’kidlaymizki, SMS-xabarnoma xizmatlari tariflarining o‘zgarishi “Play Mobile” kompaniyasining qarori bo‘lib, mamlakat mobil aloqa operatorlari, jumladan Ucell, ushbu xizmat narxining shakllanish jarayonida ishtirok etmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: