Bugungi kunda aloqa — shunchaki texnologiya emas, balki yaqinlarimiz yonida bo‘lish, biznesni rivojlantirish, bilim egallash va mamlakatning istalgan nuqtasida, istalgan vaqtda dunyoning bir qismi bo‘lib qolish imkoniyatidir. Barqaror va sifatli aloqa zamirida sohani har kuni rivojlantirib, zamonaviy kommunikatsiyalar faoliyatini ta’minlayotgan minglab mutaxassislarning mehnati mujassam.
Bu soha kompaniya uchun alohida ahamiyatga ega, zero kompaniya — bu, avvalo, insonlar: zamonaviy telekommunikatsiyalarni rivojlantirayotgan muhandislar, texnik mutaxassislar, operatorlar, IT-jamoalar va boshqa ko‘plab xodimlardir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining barcha xodimlariga o‘z kasbiga mahorati, mas’uliyati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bayram muborak bo‘lsin!
