
Termiz shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan qo‘shma tashabbusning natijalari allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. Ekilgan pavlovniya daraxtlari muvaffaqiyatli ildiz otgan bo‘lib, buni suratda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Yosh nihollar faol o‘sib, kundan-kunga mustahkamlanib, shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Yaqin kelajakda bu yerda go‘zal va shinam pavlovniya xiyoboni barpo etiladi. U Termizning yana bir diqqatga sazovor maskaniga aylanib, shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay dam olish joyi bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur ezgu va foydali tashabbusda ishtirok etgan barcha insonlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ularning hissasi shaharni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.