Ucell Music Fest: 14 shaharda katta bayram

Sevimli qo‘shiqlar, minglab ovozlar, yorqin chiqishlar va qimmatbaho sovg‘alar. Ucell o‘zining 30 yilligini mamlakatning 14 ta shahrida o‘tgan Ucell Music Fest konsertlari bilan nishonladi. Samarqand, Shahrisabz va Andijondagi chiqishlardan so‘ng musiqiy turne Namangandagi katta final konserti bilan yakunlandi.

 

Sahnadan tanish kuy yangrashi bilan tomoshabinlar sevimli ijrochilariga jo‘r bo‘lib kuylay boshladi. Kimdir qo‘shiqlarga birga xirgoyi qildi, kimdir raqsga tushdi, yana kimdir eng yorqin lahzalarni telefoniga muhrlab qo‘ydi. Qarsaklar, hayqiriqlar va minglab ovozlar birlashgan bu oqshomlarda musiqa butun shaharni o‘ziga chorladi.

 

 

May oyidan boshlab Ucell Music Fest mamlakat bo‘ylab sayohat qilib, turli hududlarda yashovchi insonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Har bir shaharda o‘ziga xos muhit, sevimli ijrochilar va tomoshabinlarning jo‘shqin kayfiyati hukm surdi. Samarqand, Shahrisabz va Andijondagi konsertlar ham ushbu musiqiy bayramning yorqin sahifalariga aylandi. Har bir chiqish o‘ziga xos lahzalari va tomoshabinlar bilan birga kuylangan qo‘shiqlari bilan yodda qoldi.

 

Bayramning quvonchi sahnadagi chiqishlar bilan cheklanib qolmadi. Ucell tomoshabinlar uchun qimmatbaho sovg‘alar — smartfonlar, Wi-Fi-routerlar va aqlli soatlar o‘ynalgan tanlovlarni ham tashkil etdi. Shu tariqa konsert oqshomlariga yana bir hayajon qo‘shildi: sevimli qo‘shiqlardan zavq olgan mehmonlar sovrinlar yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

 

 

Ucell Music Fest’ning bosh g‘oyasi — kompaniyaning 30 yillik yubileyini abonentlar bilan birga nishonlash, ular bilan yuzma-yuz uchrashish va unutilmas taassurotlar ulashish edi. Shu sababli konsertlar shunchaki musiqiy chiqishlar emas, balki turli avlod vakillarini birlashtirgan, do‘stlar va oilalar birga vaqt o‘tkazgan katta bayramga aylandi.

 

Turnening yakuniy konserti Namanganda bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa 14 ta shaharni qamrab olgan musiqiy sayohat o‘z nihoyasiga yetdi. Ammo sevimli qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib kuylangan lahzalar, quvonchli uchrashuvlar va sovrinli o‘yinlardan qolgan taassurotlar tomoshabinlar xotirasida uzoq saqlanib qoladi.

 

 

 

Ucell’ning 30 yilligi — odamlar bilan birga yozilgan tarix. Ucell Music Fest esa ushbu tarixning musiqaga, quvonchga va yorqin xotiralarga boy sahifasiga aylandi.

2026-10-11