
Aziz yurtdoşlar, Özbek tili bayrami muborak bölsin!
Ona tilimizda aytilgan mehrli sözlar, yaqinlarimizdan eşitgan duolar, qalbimizga iliqlik bağişlaydigan iboralar bor. Ular bizga qadrli insonlarimizni, ildizlarimizni va özligimizni eslatadi. Özbek tili — bizni birlaştiradigan, qalblarimizni yaqinlaştiradigan va avlodlarni boğlaydigan bebaho boyligimiz. Uni asrab-avaylaş, seviş va kelajak avlodlarga yetkaziş esa har birimiz uçun qadrli vazifadir.
Ucell jamoasi nomidan barçangizga xonadonlaringizdan fayz-baraka, qalblaringizdan mehr, hayotingizdan esa samimiy sözlar arimasligini tilaymiz!
Ona tilimiz doimo ardoqda bölsin! Bayram muborak!