
600 dan ortiq tayanç stansiyasi, ekilgan 250 tup köçat va Samarkand Marathon’dagi sakkiz yillik iştirok. Ucell texnologik loyihalar, ekologik taşabbuslar hamda sport tadbirlarini qöllab-quvvatlaşni uyğunlaştirgan holda Samarqand viloyati taraqqiyotiga hissa qöşişda davom etmoqda.
“Ucell-Samarqand” hududiy bölinmasi jamoasi navbatdagi bor Samarkand Marathon’ga qöşildi. Bölinmaning deyarli barça xodimlari — sotuvçi-maslahatçilar, muhandislar va koordinatorlar start çiziğiga çiqdi. Iştirokçilarning aksariyati 2 km masofani tanlagan bölsa, kompaniya vakillaridan biri özini eng uzun masofada — 42 km yugurişda sinab kördi.

Jamoaning eng tezkor a’zolari — erkaklar örtasida eng yaxşi natija qayd etgan Mizrob Mirzaqulov hamda ayollar orasida marraga birinçi yetib kelgan Munisa Turdiyeva alohida e’tirofga sazovor böldi. Sportdagi yutuqlari va faol iştiroki munosabati bilan hamkasblarga Ucell boş direktori nomidan esdalik sovğalari topşirildi.

Marafonda iştirok etiş kompaniyaning köp yillik an’anasining davomi böldi. Sakkizinçi yil ketma-ket Ucell xodimlari faol turmuş tarzi, jamoaviy ruh va umumiy qadriyatlarga sodiqlikni namoyiş etib, sport taşabbusini qöllab-quvvatlamoqda. Şu bilan birga, Ucell’ning hudud rivojiga qöşayotgan hissasi jamoat tadbirlarida iştirok etiş bilan çeklanmaydi. 2026-yil boşidan buyon kompaniya Samarqand viloyatida 600 dan ortiq tayanç stansiyalarini qurdi va modernizatsiya qildi, şuningdek, 250 ta köçat ekdi.
Ucellning ekologik taşabbuslari butun mamlakatni qamrab olmoqda: 2026-yil boşidan buyon kompaniya Özbekistonning turli hududlarida 1200 dan ortiq köçat ekdi. Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, atrof-muhitga ğamxörlik qiliş va ijtimoiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş Ucell faoliyatining muhim yönalişlaridir. Samarqand marafonida iştirok etiş esa uşbu loyihalar ortida birgalikda oldinga intilişga tayyor jamoa turganini yana bir bor körsatadi.
