Ucell'ning urganchlik abonenti Xushnudbek Boltaboyev Ucell mobil ilovasi orqali hisobini to‘ldirib, "Sovrin Bor" aksiyasida g‘olib bo‘ldi va BYD Chazor avtomobilini yutib oldi. Bu voqea kompaniyaning Xorazm viloyatidagi faoliyati haqida so‘zlab berish uchun turtki bo‘ldi - OAV vakillari va blogerlar ishtirokida media-tur tashkil etildi.
"Ucell-Urganch" bosh ofisida tarmoqning rivojlanishi haqida ma’lumot berildi: Xorazmning shahar va tumanlarida barqaror aloqani ta’minlovchi 300 dan ortiq tayanch stansiyasi 10 ta savdo ofisi faoliyat yuritmoqda.
Amaldagi tayanch stansiyasida muhandislar zamonaviy texnologiyalar hatto eng gavjum paytlarda ham ishonchli internet va aloqani qanday ta’minlashini namoyish etdilar.
Ijtimoiy mas’uliyatga alohida e’tibor qaratildi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi bog‘da Ucell ko‘ngillilari kompaniyaning ekologik tashabbuslarini davom ettirib, 235 ta ko‘chat ekishgan.
Yangiariq tumanidagi savdo ofisida ishtirokchilarga abonentlar bilan ishlash jarayoni ko‘rsatildi. Shuningdek, tezkor internet va barqaror aloqa uchun chastotalar agregatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy smartfonlarni tanlash afzalliklari tushuntirildi.
