Tarmoqni rivojlantirişdan tortib yangi yaşil xiyobonlargaça: Ucell Namangan kelajagi haqida ğamxörlik qilmoqda

100 dan ortiq yangi qurilgan va modernizatsiya qilingan tayanç stansiyalari, tezyurar mobil internet taraqqiyoti hamda yangi yaşil hududlar — Ucell Namangan viloyati rivojiga mana şunday hissa qöşişda davom etmoqda. Kompaniya telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytiriş bilan bir qatorda hududni obodonlaştiriş va atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan ekologik taşabbuslarni ham amalga oşirmoqda.

 

 

2026-yilda Ucell Namangan viloyatida 100 dan ortiq tayanç stansiyasini qurdi va modernizatsiya qildi. Bu esa viloyat aholisi uçun mobil aloqa hamda yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlarini kengaytirib, yanada köproq kişining zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanişini ta’minladi.

 

Kompaniya uçun hudud taraqqiyoti faqat texnologik infratuzilma bilangina çeklanib qolmaydi. Ucell ekologik taşabbuslarga hamda hududlarni kökalamzorlaştirişga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Joriy yilda kompaniya Yangi Namangan tumani hokimligi vakillari bilan hamkorlikda Namanganda navbatdagi ekologik aksiyani ötkazdi. Tadbir iştirokçilari kaştan, eman, zarang, tol hamda lola daraxti nomi bilan ham tanilgan liriodendron kabi turli xil daraxtlarning 60 tup köçatini ötqazdilar.

 

 

Ucellning ekologik dasturi bir neça yildan buyon izçil amalga oşirib kelinmoqda. 2025-yilda Namanganda 200 tup daraxt ekilgan bölsa, bu yil ham uşbu xayrli taşabbus davom ettirildi. Kompaniya 2021-yildan 2025-yilgaça Özbekistonning turli hududlarida jami 5 000 ga yaqin daraxt ekdi. 2026-yil boşidan buyon esa bu körsatkiçga yana 1 000 dan ziyod köçat qöşildi.

 

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş hamda kökalamzorlaştiriş taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş orqali Ucell qulay hayot muhitini yaratişga munosib hissa qöşmoqda. Zero, zamonaviy hudud tuşunçasi nafaqat sifatli aloqa va raqamli texnologiyalardan bahramand böliş, balki kelajak avlodlar uçun atrof-muhitni asrab-avaylaşni ham anglatadi.

2026-11-16