Ucell O‘zbekistonni ko‘kalamzorlashtirishda davom etmoqda

"Yashil Makon" ekologik tashabbusi doirasida Ucell eko-aksiyalarning ikkinchi to‘lqinini boshladi. Samarqandda kompaniya xodimlari 250 tup katalpa va Matsuda tol ko‘chatlarini ekib, shaharni ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

 

Ucellning ekologik tashabbusi mamlakat hududlarini izchil qamrab olmoqda. Kompaniya 2025-yilgacha Qoraqalpog‘istondan Surxondaryogacha 5 mingga yaqin ko‘chat ekdi. 2026-yilda bu ishlar davom ettirilib, Andijonda 800 tup, Termizda 150 tup pavlovniya ko‘chatlari ekildi.

 

 

19-oktyabr kuni estafetani Samarqand qabul qildi. Ucell xodimlari 100 tup katalpa va 150 tup matsuda tol ko‘chatlarini ekish uchun birlashdilar. Turli xil daraxtlar shaharning yashil fondini to‘ldirdi, aksiyaning o‘zi esa birgalikdagi sa’y-harakatlar atrof-muhitni yanada qulayroq qilishga qanday yordam berishiga yana bir misol bo‘ldi.

 

Ucell uchun bunday tadbirlar ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bo‘yicha izchil ishlarning bir qismidir. Xodimlarning ko‘kalamzorlashtirishdagi ishtiroki umumiy ishga shaxsiy hissa qo‘shish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ekologik dastur shu bilan tugamaydi. Aksiyalarning ikkinchi to‘lqini Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida davom etadi, bu yerda kompaniya xodimlari ham o‘z shaharlarini ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shiladilar.

 

Bunday har bir aksiya yanada yashil kelajak sari tashlangan aniq qadamdir. "Yashil Makon" tashabbusini davom ettirib, Ucell O‘zbekistonda atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

 

 

2026-10-19