Coursera hamkorligidagi xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi. Bugun, 6-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik texnologiya anjumani — “GDG Tashkent DevFest 2025” doirasida O‘zbekiston IT hamjamiyati uchun muhim voqea yuz berdi. Marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasini e’tirof etdi. Vazir eng faol va muvaffaqiyatli o‘rganuvchilarga munosib mukofotlarni topshirdi.
Taqdirlanganlar:

Muslima Ahmedova — Development Learning Achiever (Dasturlash yo‘nalishidagi yutuqlari uchun)
Yasmina Marufova — Consistent Learning Achiever (Barqaror o‘qish intilishi uchun)
Arman Mannapov — Data Learning Enthusiast (Data yo‘nalishidagi faol ishtiroki uchun)
Asadbek Abdunabiyev — Excellence in AI Learning and Application (Sun’iy intellekt bo‘yicha chuqur bilim va amaliyoti uchun)
Dauletiyar Kalilayev — Progress Excellence Award (Bir nechta yo‘nalishlarda tez sur’atlarda o‘sish uchun)

Ayniqsa, mamlakatning eng yirik mobil operatori Ucell ham ushbu muhim va ilhomlantiruvchi jarayonda ishtirok etib, yoshlar orasida raqamli ko'nikmalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlagani quvonarli.
