Postpaid qanday tizim?
Postpaid – bu haqi keyin to‘lanuvchi xizmat tizimi. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov usuli hisoblanib, bunda operator avval abonentga o‘rtada tuzilgan shartnoma doirasida o‘z xizmatini taqdim etadi, so‘ng tariflashtirishni amalga oshirib, to‘lanadigan hisob natijasini chiqaradi. Tariflash va hisob natijasini chiqarish jarayoni reja va tartib asosida kechadi, u odatda shartnomada kelishilgan muddat (bir oy) hisobida amalga oshiriladi. Abonent shartnomada kelishilgan muddat orasida hisoblab berilgan mablag’ni to’lashi lozim, aks holda unga nisbatan shartnomada ko’rsatilgan jarimalar – raqamni bloklash va shartnomani bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Sizning raqam qaysi to‘lov tizimida amal qilishini bilish uchun *450# raqamiga bepul so‘rov yuboring.