Yangi “Raqam o‘zgartirish” xizmati
“Raqam o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi.
- Abonent mazkur xizmatga elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda tegishli faollashtirish xatini yo‘llab, yoki Kompaniyaning yaqin oradagi ofisidaggi Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilib ulanishi mumkin;
- Xizmat narxi – 15000 soʻm;
- Ulanish kunidan tashqari, xizmatdan cheklovlarsiz foydalanish mumkin;
- Raqam oʻzgartirilgan taqdirda avvalgi raqam uchun yoqilgan barcha xizmatlar yangi raqam uchun ham o‘zgarishsiz qoladi;
Diqqat!
- Tanlangan pulli toifadagi yangi raqamning narxi toʻliq hajmda toʻlanadi. Almashtirib yuborilgan eski pulli raqam uchun avval toʻlangan pul qaytarib berilmaydi;
- “Raqamni saqlab qolish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, “Raqamni o‘zgartirish” xizmatidan foydalanib bo‘lmaydi;
- “Raqamni o‘zgartirish” xizmati doirasida “Huawei Nova Y70” aksiyasi, “O‘zgacha raqam”, “Smartfonlarni o‘z ichiga oluvchi aloqa to‘plamlari” hamda “Chiroyli raqamlar chegirma bilan” xizmatlari amal qilmaydi;
- Mazkur xizmat Mobil ilovada va Shaxsiy kabinetda taqdim etilmaydi. Avvalgi raqamda foydalanilgan xizmatlar tarixini Mobil ilovada va Shaxsiy kabinetda koʻrish imkoni boʻlmaydi;
- Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Raqamni almashtirish mumkin boʻlmagan holatlar:
- Manfiy hisob holatida xizmatdan foydalanib boʻlmaydi;
- Xizmatlar (“Va’da qilingan to‘lov”, “Kechiktirilgan to‘lov” va boshqa) bo‘yicha qarzdorlik mavjud boʻlsa, xizmatdan foydalanib boʻlmaydi.