Korporativ Salom

 

Endi barcha korporativ mijozlarga "Korporativ Salom" xizmati taqdim etiladi!

"Korporativ Salom" yordamida korporativ guruh abonentlari oddiy gudoklarni mijozlaringiz uchun o‘ziga xos jingl, madhiya, kuy, shior, salomlarga almashtirishlari mumkin.

 

"Korporativ Salom" xizmati qanday qilib sizga yordam berishi mumkin?

"Korporativ Salom" xizmatini o‘rnatib, quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
  • biznesingizga yanada mashhurlik bag‘ishlash;
  • faoliyatingizga farqlilik va o‘ziga xoslikni qo‘shish;
  • tashkilotingizning xodimlari orasida korporativ yakdillikni kuchaytirish;
  • kompaniyangiz imijining mustahkamlanishi va o‘z uslubining aks etishi;
  • qo‘ng‘iroq qiluvchi kishi ulanishni kutayotgan paytda mahsulot va xizmatlaringiz reklamasi.
"Korporativ Salom" xizmati kimga taqdim etiladi?
  • Xizmat faqat Faol holatdagi korporativ guruh abonentlari uchun amal qiladi.
  • Xizmatni tanlangan abonentlarga ham, Korporativ guruhning turli bo‘limlari: savdo bo‘limi, kotibiyat, ko‘mak xizmati va hokazolar xodimlariga ham ulash mumkin.
Korporativ mijozlar uchun "Korporativ Salom" xizmati qanday ishlaydi
  • Siz betakror tarona yoki salomlashuvni yozib olasiz va faylini bizning xodimlarimizga taqdim etasiz;
  • Biz kompozitsiyani kompaniyangiz xodimlari uchun o‘rnatamiz;
  • Sizga qo‘ng‘iroq qiluvchi barcha abonentlar gudoklar o‘rniga o‘ziga xos taronani, salomlashuvni yoki foydali ma’lumotni eshitishadi.
Audiofaylga qo‘yiluvchi talablar

File Format wav
Code Type G711A(PCMA)
Sampling Rate 8kHz
Bit Rate 64kbps
Quantization Bit Number 8bit
Channel Mono

Xizmat narxi

Xizmat narxi: ulangan har bir raqam uchun 12 630 so‘m.


Xizmatning amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.
*Ushbu xizmat ulanganda, xizmatni avtomatik uzaytirish funksiyasi belgilanadi. Xizmatni uzaytirishdan voz kechish uchun, korporativ guruh Boshlig‘idan yozma ariza talab qilinadi.

Qo‘shimcha xizmatlarni ulash va o‘chirish uchun Siz ariza shaklini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.

Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.