Korporatsiya

 

Korporatsiya a'zosiga aylaning!

Korporativ aloqa bilan barcha xodimlarini ta’minlashni istovchi korporativ mijozlar uchun!

Korporativ mijozlar uchun ajoyib xabar, endi Siz barcha xodimlaringizni korporativ muloqot bilan ta’minlay olasiz!

Yangi "Korporatsiya" xizmati bilan barcha xodimlar, hatto dastlab xizmat yuzasidan uyali aloqadan foydalanishi ko‘zda tutilmaganlari ham korporativ muloqotdan foydalanishlari mumkin.

Bunda Siz hech qanday xarajat qilmaysiz, chunki "Korporatsiya" xizmati foydalanuvchilari uyali aloqa uchun to‘lovni o‘zlari mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Siz faqat ularga korporativ tariflarga ulanishlari hamda korporativ guruhga qo‘shilishlari uchun ruxsat bersangiz bo’ldi.

"Korporatsiya" xizmati bepul asosda taqdim etiladi.


Qulay korporativ tariflarga ulanish uchun uch qadam tashlash kifoya:

  • "Sertifikat"ni bu yerdan yuklab olasiz;
  • kerakli o‘rinlarni to‘ldirasiz;
  • imzolab, tashkilotingizning rasmiy muhrini bosasiz.

Buyog‘i esa yanada oson. Sizning xodimingiz abonent shartnomasini tuzish uchun kompaniya ofisiga borishi kerak. U yonida o‘z pasportining asl nusxaini hamda tasdiqlangan "Sertifikatni olib boradi.

Xodimingiz mavjud bo`lgan tarif rejalardan biriga ulanishi mumkin.

Qo‘shimcha xizmatlarni ulash va o‘chirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.
 

Ucell