eSIMga qanday ulanish mumkin?
eSIMga yangidan ulanish uchun, jismoniy shaxslar Kompaniyaning o‘z ofislaridan biriga murojaat etishlari lozim. Bunda abonentning yonida eSIM texnologiyasini qo‘llovchi qurilma hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart.
Yuridik shaxslar eSIM texnologiyasini qo‘llovchi qurilmani ko‘rsatgan holda Kompaniya manziliga yozma murojaat taqdim etishlari lozim.
Yangidan ulanishda eSIM bepul taqdim etiladi!
eSIM afzalliklari – bu bir vaqtning o‘zida ikkita raqam ishlatish imkoni: oddiy SIM hamda eSIM kartalarda.
QR-kod yo‘qolgan bo‘lsa nima qilish kerak? Men QR-kodni 10 marta ishlatib qo‘ydim.
QR-kodni 10 marta faollashtirgan, profil QR-kodi tushirilgan blankni yo‘qotib yoki ishdan chiqarib qo‘ygan taqdirda, eSIMni almashtirish jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Almashtirish xizmati pullik, narxi SIM-kartani almashtirish bo‘yicha amaldagi prays-listga muvofiq belgilanadi. Bunda oldingi qurilmada eSIM profili o‘chirilganiga ishonch hosil qilish lozim.
eSIM roumingda ishlaydimi?
Mobil qurilmaga eSIM profili o‘rnatilganidan keyin, uning ishlashi oddiy SIM-kartanikidan umuman farq qilmaydi. Roumingda ham eSIM ishlaydi.
1. O‘rnatishdan oldin tekshiring
2. eSIM qanday o‘rnatiladi
Muhim:
3. Agar QR-kodni skanerlashda xatolik yuzaga kelsa
Tekshiring:
4. iPhone uchun o‘ziga xosliklar
iOS yangilanganidan keyin eSIMni to‘g‘ri ko‘chirish muhim:
eSIMni yangi iPhonega ko‘chirish:
1. Eski telefonda:
2. Shundan keyingina:
Muhim:
Agar QR-kod kamera orqali skanerlansa — eSIM osilib qolishi mumkin
Yechimi:
5. eSIM qanday ko‘chiriladi
6. Agar QR-kod yo‘qolgan bo‘lsa
7. eSIM ishlayotganini qanday tekshiriladi
iPhone:
Android:
8. Xatoliklarning ko‘p uchraydigan sabablari
Foydali maslahatlar
eSIM qanday sozlanadi?
Yangi raqam uyali aloqa operatoridan olinadigan QR-kod yordamida faollashtiriladi. Kodni interneti (masalan, Wi-Fi orqali) yoqiq holatdagi smartfonda skanerlash lozim. Keyin sozlamalarga o‘tish va mobil tarif rejasini qo‘shib, olingan eSIM profilini faollashtirish kerak bo‘ladi. Yangi kartaga telefon sozlamalaridan o‘tish mumkin. Qurilmani almashtirganda, eski gadjetdan sozlamalarni o‘chirish zarur bo‘ladi. Bitta QR-kodni 10 martagacha ishlatish mumkin.
eSIMni boshqa qurilmaga o‘tkazib o‘rnatsa bo‘ladimi?
Agar Siz o‘z qurilmangizdan eSIMni o‘chirgan bo‘lsangiz, uni boshqa qurilmaga yuklasa bo‘ladi. Buning uchun o‘sha QR-kodning o‘zini qo‘llang. Uni 10 martagacha ishlatsa bo‘ladi.
eSIMga ulanganda IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladimi?
Ulanishdan avval mobil qurilmaning IMEI-kodi holatini tekshirib ko‘rish lozim.
Uyali aloqaning SIM-kartaga mo‘ljallangan barcha xizmatlari eSIM uchun ham ishlaydimi?
eSIM texnologiyasi SIM-kartaning o‘rnini to‘liq bosadi va uyali aloqaning barcha xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.