Hurmatli abonentlar,
01.08.2021-yildan biz «Tajriba-sanoat ekspluatatsiyasi» loyihasini joriy etmoqdamiz, uning doirasida tariflarning yangi billing tizimida ishlashi sinovdan o‘tkaziladi.
Sodiq abonentlar yilning oxirigacha abonent to‘loviga 60% chegirma olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Imtiyozli tariflardan foydalanish uchun, Siz Ucell savdo ofislarida yangi raqam ulatishingiz lozim.
Loyiha test rejimida joriy etilayotgani sababli, tarif rejalarida qo‘shimcha xizmatlarning bir qismi amal qilmaydi. Texnik cheklovlar mavjud. Texnik nosozliklar yuz bersa, 8111 raqami orqali Kompaniya Call-markaziga murojaat etishingizni so‘raymiz.
Agarda Siz xizmatlarning taqdim etilishini takomillashtirishda va yangi billing tizimiga o‘tishda bizga yordam berishga tayyor bo‘lsangiz, safimizga qo‘shiling va Ucellning bir qismiga aylaning!
| SMART Business | XS | S | M | L | XL | VIP |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Abonent to‘lovi, bir oyga | 27 000 | 36 000 | 57 000 | 75 000 | 96 000 | 117 000 |
| Bir oyda O‘zbekiston bo‘yicha efir vaqti limiti |
2000 | 3000 | 5000 | Unlim | Unlim | Unlim |
| Bir oyda O‘zbekiston bo‘yicha SMS limiti |
100 | 500 | 1000 | 5000 | 10 000 | 30 000 |
| 9000 so'mga Internet-trafik | 2 GB | 3 GB | 3 GB | 3 GB | 6 GB | 8 GB |
| 15000 so'mga Internet-trafik | 4 GB | 6 GB | 6 GB | 6 GB | 12 GB | 15 GB |
| 8420 so'mga tarmoq ichida daqiqalar | 3000 | 3000 | 3000 | |||
| 8420 so'mga O’zbekiston bo’yicha SMS | 1000 | 1000 | 1000 |
| Oylik abonent to‘lovi | 5000 сум |
|---|---|
| Limitdan oshuvchi 1 daqiqa efir vaqti narxi | |
| O‘zbekiston bo‘yicha boshqa chiquvchi qo‘ng‘iroqlar | 126.30 сум |
| tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar | 84.20 so'm |
| Limitdan oshuvchi SMS-habar narxi | |
| tarmoq ichida | 42.10 so’m |
| O‘zbekiston bo‘yicha | 84.20 so'm |
| Xalqaro | 1000 so'm |
| Limitdan oshuvchi internet-trafik narxi | |
| Ucell Internet - 2G, 3G, 4G/LTE | 421 so'm |
| 7 Gig | 15 Gig | 20 Gig | 30 Gig | 45 Gig | Unlim | |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Oylik abonent to’lovi (so’m) | 38 000 | 50 000 | 70 000 | 100 000 | 125 000 | 180 000 |
| Internet trafik | 7 GB | 15 GB | 20 GB | 30 GB | 45 GB | Unlim |
| O’zbekiston bo’ylab oylik daqiqalar limiti | 2000 | 4000 | Unlim | Unlim | Unlim | Unlim |
| O’zbekiston bo’ylab oylik SMS limiti | 500 | 500 | 5000 | 1000 | 1000 | 2000 |
| Belgilangan limitga yetganda bepul Internet tezligi | 32 kbit/s | 32 kbit/s | 64 kbit/s | 64 kbit/s | 64 kbit/s | 64 kbit/s |
| Roumingda internet trafik (MB) | 30 | 50 | 100 | 200 | 250 | 500 |
| Abonent to‘lovi | 12 oy uchun 30 000 so‘m |
|---|---|
| Internet limiti, oyiga | 70 MB |
| CSD daqiqalar limiti, oyiga | 70 min |
Tarif rejalari bilan havola bo‘yicha batafsil tanishish mumkin:
Abonentlar diqqatiga!
Mazkur loyiha tizimi test rejimida joriy etilmoqda, shu sababli ushbu tarif rejalarida qo‘shimcha xizmatlarning bir qismi amal qilmaydi. Loyiha davomida texnik muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Xizmatlarni taqdim etish shartlari:
1. Postpaid tarif rejalari abonentlari 31.12.2021-yilgacha abonent to‘loviga 60% chegirma oladilar. Chegirma 01.11.2021-yilgacha ulangan barcha abonentlarga avtomatik tarzda taqdim etiladi.
2. Ushbu loyiha doirasidagi tarif rejalari orasida o‘tishlar narxi – 31.12.2021-yilgacha 0 so‘m.
3. Ushbu loyiha abonentlari uchun Shaxsiy kabinet https://cabinet.ucell.uz havolasi orqali amal qiladi.
4. Ushbu loyihada 93 876 prefiksli Postpaid tizimidagi abonent raqamlari ishtirok etadi.
5. Ushbu loyihada faqat ko‘rsatilgan tarif rejalari amal qiladi. Qolgan tariflarga o‘tish va ulanish imkoni yo‘q.
6. Raqamlar soni cheklangan.
7. Loyihada ishtirok etish uchun yangi raqam ulanishini amalga oshirish lozim.