Cheklangan taklif: "Turkiya ta’tillari"

 

 

Boshqarish va qoldiqni tekshirish: Ucell mobil ilovasi yoki *155# USSD-so‘rovi orqali.

Amal qilish muddati – 30 kun.

Turkiyada internet to'plamlar

* To‘plamlar Turkcell tarmog‘ida amal qiladi.

Daqiqalar chiquvchi mahalliy qo‘ng‘iroqlar va O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun beriladi

 

1. To‘plamlarni faollashtirishda, agar abonentda faol rouming xizmati bo‘lmasa, yoki “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmati faol bo‘lsa, u holda abonentga standart holatda “Dunyo bo‘ylab rouming” xizmati belgilanadi.

2. To‘plamlarni quyidagi kanallar orqali faollashtirish va o‘chirish mumkin:

a. Ucell xizmat ko‘rsatish ofislari;

b. Ucell abonentlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati: 8123 yoki 8111;

c. Ucell mobil ilovasi yoki *155# USSD-so‘rovi.

3. Biznes segmenti mijozlari va abonentlari to‘plamlarni faollashtirish uchun Kompaniyaning biznes segmenti abonentlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.

4. Roumingdagi to‘plamlarning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar faollashtirish vaqtida internet-sessiya faol bo‘lsa, sessiyani to‘xtatish, to‘plamni faollashtirish va to‘plam samarali faollashganidan keyin sessiyani davom ettirish lozim.

5. To‘plam belgilanganiga *155# USSD-so‘rovi yordamida yoki Ucell mobil ilovasida ishonch hosil qiling. Agar to‘plam yoqilmagan bo‘lsa, internet va qo‘ng‘iroqlar uchun narxlash roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday hollarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.

6. Qo‘ng‘iroqlar va MBlar limitlari faqat Turkcell (Turkiya) operatori tarmog‘ida amal qiladi. Boshqa operator tarmog‘iga o‘tish holatida, qo‘ng‘iroqlar va internet uchun narxlash roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq amalga oshiriladi.

7. To‘plamlar ulanish vaqtidan boshlab 30 kunga, avtouzaytirishsiz belgilanadi. Muddat tugagach, limitlar qoldig‘i bekor qilinadi.

8. To‘plam faol bo‘lganida, ajratilgan limitdan oshganda internet bloklanadi. Limitdan tashqari internetni blokdan chiqarish uchun roumingdagi internet-to‘plamni o‘chirish kerak bo‘ladi.

9. Agar abonentda “Xalqaro Avtomatik Rouming” (XAR) xizmati faol bo‘lsa, to‘plamni faollashtirib bo‘lmaydi.

10. To‘plamni faollashtirganda, agar abonentda roumingdagi internet-to‘plamlar, roumingda cheksiz internet yoki Megafondan “Har doim aloqada” to‘plami, shuningdek, mazkur oiladan biror to‘plam faol bo‘lsa, bu to‘plamlar o‘chiriladi, xizmatlar/to‘plamlar doirasidagi limitlar bekor bo‘ladi.

11. To‘plamlar Postpaid va Prepaid tizimlarining quyidagi tarif rejalarida amal qilmaydi: M2M tariflar tizimi.

12. Barcha abonentlar uchun roumingdagi internet-to‘plamlar doirasida MB mavjud bo‘lganda narxlanuvchi ma’lumotlar kvotasi – 16 KB.

13. Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

“Turkiya ta’tillari” vaqtinchalik aksiyasi