Biznesingiz uchun Ucelldan “Huawei Nova Y70”!


Hurmatli mijozlar!

Kompaniyaning korporativ mijozlari uchun “Huawei Nova Y70” smartfonini Ucell aloqa xizmatlari bilan to‘plam holida, atigi 2 450 000 so‘m evaziga xarid qilish imkoni haqida xabar berishdan mamnunmiz!

Shoshiling! Smartfonlar soni cheklangan!

Yangi ulanayotgan, shuningdek abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan kam bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar, “Biznes Uchun 40” tarifiga yarim yil muddatli abonement oladilar.
Abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar mazkur xizmat doirasida, yarim yil muddatli 200 GB qo‘shimcha internet-trafik oladilar.

 

To‘plam nomi 200Gb + “Huawei Nova Y70” smartfoni
Oylik abonent to‘lovi Mavjud emas
6 oylik muddatga bir martalik Internet-trafik chegirmasi 200 GB
Limitlarni tekshirish *103#

 

To‘plam nomi  “Biznes Uchun 40” + “Huawei Nova Y70” smartfoni
Oylik abonent to‘lovi Mavjud emas
Abonementning amal qilish muddati Yarim yil
Oylik internet-trafik limiti 10 GB
O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 4 000
O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi SMSlarnng oylik limiti 2 000
Limitlarni tekshirish *102#  - daqiqa va SMSlar
 *103# - internet-trafik MBlari


- Yangi ulanish uchun “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement (muddati – 161 kun) + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;

- Oylik abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan kam bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar uchun ham “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement (muddati – 161 kun) + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;

2 450 000 so‘mlik abonement qiymati ulanish paytida bir marta yechib olinadi, bunda “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, toki to‘plamning amal qilish muddati tugaguniga qadar, har oyda belgilab boriladi.

- Oylik abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar uchun, ulanish kunidan boshlab amal qilish muddati 6 oy bo`lgan 200 GB qo‘shimcha internet-trafik + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;

2 450 000 so‘mlik to‘plam qiymati ulanish paytida bir marta yechib olinadi, 200 GB internet-trafik ham shunda bir marta belgilanadi.

- “Biznes Uchun 40” + “Huawei Nova Y70” smartfoni abonementi faol bo‘lgan davrda:

  • Postpaid tizimining boshqa mavjud tarif rejalariga o‘tish imkoni bo‘lmaydi;
  • “Restart”, “raqamni saqlab qolish” va qayta rasmiylashtirish xizmatlari amal qilmaydi;
  • “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonementning amal qilish muddati belgilangan paytidan boshlab 161 kunni tashkil etadi;
  • “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement, oyning 25-sanasidan oyning oxirigacha bo‘lgan davrda ulanganida, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Keyingi 6 oy mobaynida limitlar “Biznes Uchun 40” tarif rejasi bo‘yicha taqvimiy oyning 1-sanasidan taqdim etilishini hisobga olgan holda belgilanadi;
  • Abonement taqvimiy oyning 25-sanasigacha ulanganida, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Keyin, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar har taqvimiy oyning 1-sanasida taqdim etilib, belgilangan abonementning amal qilish muddatiga (161 kun) binoan amal qiladi;
  • 6-taqvimiy oyning boshida abonementning to‘g‘ri ishlashi uchun, mijozning raqami Faol holatda bo‘lishi lozim;
  • Abonementning amal qilish muddati tugagach, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida avval belgilangan limitlarning amal qilish muddatini bekor qilmaydi;
  • Abonementning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, Postpaid tizimidagi ruxsat etilgan tijoriy tarif rejalariga o‘tish mumkin bo‘ladi;

- Internet yo‘nalishi bo‘yicha tezlikka cheklov opsiyasi mavjud bo`lgan tarif rejalarida, “Gigaman” tariflar tizimida, shuningdek “Biznes Uchun 150” tarif rejasida 200 GB qo‘shimcha trafik to‘plamiga ulanganda, to‘plamning to‘g‘ri ishlashi uchun “Turbo button” xizmatini faollashtirish kerak bo‘ladi.

- To‘plamga faqat korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.