Boshqarish va qoldiqni tekshirish: Ucell mobil ilovasi yoki *155# USSD-so’rovi orqali.
Amal qilish muddati – 30 kun.
Xitoy
*To’plamlar China Mobile tarmog’ida amal qiladi.
1. Roumingda internet-to‘plamlar faollashtirilganda, agar abonentda faol rouming xizmati bo‘lmasa, unga avtomatik tarzda “Dunyo bo‘ylab rouming” xizmati standart tarzda ulanadi.
2. Roumingda internet to‘plamlarini quyidagi xizmat ko‘rsatish kanallari orqali yoqish va o‘chirish mumkin:
a) Ucell xizmat ko‘rsatish ofislari;
b) Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish xizmati: 8123 yoki 8111;
c) Shaxsiy kabinet;
d) Ucell mobil ilovasi; e. USSD so‘rov *155#
3. Prepaid tizimi abonentlari va Postpaid tizimidagi Corporate VIP, Individual va Businessman kategoriyalariga kiruvchi korporativ mijozlar uchun xizmatni faollashtirish va boshqarish *155# USSD buyrug‘i orqali mavjud.
4. Biznes segment abonentlari va mijozlari xizmatni faollashtirish uchun Kompaniyaning biznes segmentiga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga yozma murojaat qilishlari kerak.
5. Internet to‘plam muvaffaqiyatli ulanganligini *155# (roumingdagi faol xizmatlar) orqali tekshiring. Agar to‘plam faollashtirilmagan bo‘lsa, internet uchun to‘lov rouming zonalari bo‘yicha hisoblanadi. Bunday hollarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
6. Xizmat faqat China Mobile operatori tarmog‘ida mavjud.
7. Internet to‘plam faol bo‘lsa, limitdan ortiq internet bloklanadi. Limitdan ortiq internetni ochish uchun roumingdagi internet to‘plamni o‘chirish kerak.
8. Internet to‘plam o‘chirilgandan so‘ng, roumingdagi internet uchun tariflash zonaviy tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Roumingda xizmat to‘g‘ri ishlashi uchun, agar faollashtirish vaqtida internet sessiyasi faol bo‘lsa, sessiyani to‘xtatish, xizmatni yoqish va muvaffaqiyatli faollashtirilgandan so‘ng sessiyani qayta boshlash zarur.
10. Roumingdagi internet to‘plamlar ulangan paytdan boshlab 30 kun muddatga, avtomatik uzaytirilmasdan taqdim etiladi. Muddat tugagach, qolgan MB bekor qilinadi.
11. Agar abonentda “Xalqaro avtomatik rouming” (MAR) xizmati faol bo‘lsa, xizmatni faollashtirish mumkin emas.
12. Xizmat faollashtirilganda, agar abonentda roumingdagi internet-to‘plamlar, MIKS-to‘plamlar, “Cheksiz internet 2.0” yoki “Doimo aloqada” to‘plami va boshqalar faol bo‘lsa, ushbu to‘plamlar o‘chiriladi va ularning limitlari bekor qilinadi.
13. To‘plamlar Postpaid va Prepaid tizimlaridagi quyidagi tarif rejalarida mavjud emas: M2M va “Turist”.
14. Internet to‘plamlarni faollashtirish faqat abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda mumkin.
15. Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.