"Alohida hisob" xizmati uchun 30 kunlik Internet-to‘plamlar tavsifi:
- Bu to‘plamlar faqatgina "Alohida hisob" foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Ulanish *554# USSD so’rov orqali amalga oshiriladi;
- Abonent to‘lovi har 30 kunda, abonentning shaxsiy balansidan yechiladi;
- 30 kunlik Internet-to‘plamlar avtomatik belgilash xizmati bilan faollashtiriladi, ya‘ni, to‘plamni faollashtirgan kundan boshlab, hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lgan taqdirda, har 30 kunda, xarid qilingan to‘plam taqdim etiladi. Oldingi oydan qolgan Internet-trafikning amal qilish muddati yangi oyga uzaytiriladi;
- Avtomatik uzaytirish funksiyasi USSD-so'rov yordamida o'chirilishi mumkin - *554# (qo'ng'iroq tugmasi). Avtomatik belgilanish funksiyasi o'chirilgan bo'lsa, internet-to'plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun o'tgach, trafik qoldig'i bekor qilinadi;
- Amaldagi to'plam muddati tugamagan bo'lib, Internet-to‘plam qayta ulanganida, yangi to'plamga kiritilgan trafik sarflanmagan trafik qoldig'iga qo'shiladi;
- Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan Internet-to'plamning amal qilish muddatiga teng bo'ladi. Shu bilan birga, avtomatik belgilash funksiyasi oxirgi belgilangan Internet-to‘plam shartlariga muvofiq ishlaydi;
- Internet-to'plamga kiritilgan trafikdan faqat faol holatda foydalanish mumkin;;
- To‘plam faollshtirilgandan so‘ng, internet-trafik qoldig‘ini *107#(chaqiruv tugmasi) orqali tekshiring va Internet-to‘plam xarid qilinganiga ishonch hosil qiling. To‘plam xarid qilinguniga qadar, internet uchun to‘lov sizning tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi. Shuni eslatib o‘tamizki, agar bunday vaziyat yuaga keladigan bo‘lsa, Kompaniya taqdim etgan xizmatlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilmaydi va hisob-kitoblarni qayta amalga oshirmaydi.
- Abonent raqami hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, tizim 20 kun davomida internet-to‘plamni belgilashga urinadi. Abonent to‘lovi samarali yechilgan taqdirda trafik to‘liq hajmda belgilanadi, uning amal qilish muddati esa keyingi avtomatik belgilangunga qadar qolgan kunlar soniga teng bo‘ladi.
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.