Postpaid tizimi abonentlari uchun Ucell mobil ilovasi

 

Postpaid tizimi mijozlari 2025-yil 28-martdan boshlab Ucell mobil ilovasidan foydalana oladilar. Ilova to‘g‘ri ishlashi uchun uni so‘nggi versiyasigacha yangilash lozim.  Ucell mobil ilovasini Android va iOS uchun  yuklab olish shu yerda: 

 

 

Ucell Mobil ilovasi

 

 

 

 

 

                                          

 

                                   

 

Ucell mobil ilovasidan quyidagi shartnoma turiga ega abonentlar foydalanishlari mumkin:

 

• Corporate VIP PINFL

 

• Corporate VIP Non-PINFL

 

• Individual Postpaid PINFL

 

• Individual Postpaid Non-PINFL

Postpaid tizimi mijozlari Ucell ilovasining quyidagi funksiyalaridan foydalanishlari mumkin:

 

  • Abonent raqamining joriy balansni ko‘rish;
  • Tarif va taqdim etilgan limitlar haqidagi ma’lumot bilan tanishish;
  • “Restart” xizmatini faollashtirish;
  • Tarifni almashtirish imkoniyati;
  • “Mablag‘lar” bo‘limiga kirish;
  • Oxirgi 30 kun uchun qo‘ng‘iroqlar tafsilotlarini olish.
Postpaid tizimi abonentlari uchun Ucell mobil ilovasi