MultiSIM karta



MultiSIM karta bu bir nechta adapterlarga ega bo‘lgan nano SIM-karta bo‘lib, u kesish yoki almashtirishsiz turli telefonlarda talab etiladigan xajmga keltirish imkoniyatini beradi. MultiSIM adapterlaridan foydalanib siz SIM-kartangizni telefoningiz qabul qiladigan kerakli formatga (oddiy (2FF), mikro SIM (3FF), Nano SIM (4FF)) keltirishingiz mumkin.

MultiSIM kartani almashtirish narxi 10 000 so'm

Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

SIM-kartani almashtirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.

MultiSIM kartani Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida faollashtirish mumkin.