Raqamni saqlab qolish
""Raqamni saqlab qolish" xizmati bilan Siz Kompaniya xizmatlaridan uzoq muddat foydalanmagan holda osongina o‘z abonent raqamingizni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Abonent to‘lovi – 63.15 so‘m/kun
Ma’lumot
- Chiquvchi qo‘ng‘iroqlar – bloklangan;
- Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bloklangan;
- Abonent to‘lovi – 63.15 so‘m/kun.
- Hisoblardagi limitlarning qoldig‘i ularning amal qilish muddati tugashi bilan nolga teng bo‘ladi.
- “Raqamni saqlab qolish” xizmatini faollashtirish – bepul.
- Kiruvchi SMS xabarlar mavjud.
Bilish muhim
- Haqi keyin to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Postpaid) tizimi abonentlari faqat Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga kelib, talabnoma shaklini to‘ldirib xizmatni faollashtirishlari mumkin.
- Agar mijoz hisobi ijobiy holatda bo‘lsa, ammo xizmat uchun to‘lovni yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, unda abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechilib, hisob holati salbiy bo‘ladi. Salbiy hisob holatida bo‘lishning maksimal muddati – 30 kun, keyin uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasiga muvofiq raqam o‘chiriladi.
- Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi, raqam bloklangan holatdan faol holatga o‘tishi bilan, keyingi kuni abonent to‘lovi yechiladi. Abonent holati to‘lov samarali yechilgunicha 30 kun davomida tekshiriladi.
- Rouming-xizmatlar faol bo‘lganida “Raqamni saqlab qolish” TRga o‘tib bo‘lmaydi.
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.