*Operator tarmog‘ida samarali ro‘yxatdan o‘tganida, abonent qo‘ng‘iroqlar va SMSlardan foydalanishi mumkin. “Bortda” cheksiz internet-to‘plamini faollashtirish uchun abonent *155# terishi va “Bortda” to‘plamini tanlashi lozim.
Xizmatni parvoz vaqtida “AeroMobile” tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng faollashtirish tavsiya etiladi.
Samolyot havoga ko‘tarilib, kerakli balandlikka chiqqanidan so‘ng:
— telefonni yoqing va “Parvoz rejimi” o‘chirilganiga ishonch hosil qiling;
— “AeroMobile” tarmog‘iga avtomatik tarzda ulaning yoki qo‘lda tanlang (AeroMob / AeroMobile / 901 14);
— *155# raqamini terib, “Bortda” to‘plamini tanlang va SMS-tasdiqni kuting;
— mobil internetni yoqing. Eslatma: mobil internet 3G tarmog‘ida ishlaydi.
“Bortda” to‘plami faqat “AeroMobile” (NORAM) operatori tarmog‘ida amal qiladi.
Internet-to‘plamni faollashtirish imkoni faqat raqami Faol holatda bo‘lgan va “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” / “Dunyo bo‘ylab rouming” xizmati yoqilgan Prepaid tizimi abonentlariga, shuningdek, Postpaid tizimining “Corporate VIP”, “Individual” va “Businessman” toifalaridagi Korporativ mijozlariga taqdim etiladi.
To‘plam havoga ko‘tarilmasdan oldin faollashtirilsa, agar abonentda amaldagi Rouming xizmati mavjud bo‘lmasa, tizim avtomatik tarzda “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” (Camel Not Full roaming) xizmatini belgilaydi. Agar siz chegaradosh mamlakatlarga yo‘l olgan bo‘lsangiz, u holda oldindan “Dunyo bo‘ylab rouming” (Camel Full roaming) xizmatini faollashtirishni so‘raymiz.
Biznes segmenti abonentlari va mijozlari to‘plamni faollashtirish uchun Kompaniyaning biznes segmenti mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak. Xizmatni murojaat etilgan kundan yoki kelajakdagi sanadan belgilash mumkin, bunda to‘plamning faollashtirish vaqtidan boshlab abonent tomonidan ishlatilmagan vaqti uchun Kompaniya qayta hisob-kitob qilmaydi.
“Bortda” to‘plami samarali belgilangan holatda, “AeroMobile” (NORAM) operatori tarmog‘ida to‘plam faollashtirilgan vaqtdan boshlab 24 soatga internet ochiladi.
To‘plamning amal qilish muddati davomida bitta reysdan boshqasiga o‘tilganida, agar ushbu avia yo‘nalishi “AeroMobile” (NORAM) kompaniyasining rouming-hamkori bo‘lsa va uning tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlasa, u holda to‘plam toki amal qilish muddati tugaguniga qadar “AeroMobile” (NORAM) operatori tarmog‘ida amal qiladi.
“AeroMobile” xizmati “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga tegishli, “UK78704” va “UK78705” ro‘yxat raqamlariga ega bo‘lgan “B787 Dreamliner” samolyotlarida amal qiladi. Havo kemasining ro‘yxat raqamini parvoz kuni aeroportda (ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida yoki aviakompaniya vakillaridan) aniqlash mumkin. “AeroMobile” bilan hamkorlik qiluvchi barcha aviakompaniyalarning dolzarb ro‘yxati “Aeromobile ”ning rasmiy saytida mavjud.
To‘plamni oyning istalgan kunida *155# USSD-so‘rovi, shaxsiy kompyuter, www.ucell.uz yordamida, shuningdek, Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida o‘chirish/qayta faollashtirish mumkin.
Agar abonentda “Xalqaro Avtomatik Rouming” (XAR) xizmati faol bo'lsa, mazkur to‘plamni faollashtirib bo‘lmaydi.
To‘plamni Postpaid va Prepaid tizimlarining quyidagi tarif rejalarida faollashtirib bo‘lmaydi: “M2M”, “Turist”, “Gigaman” va “Gigaman BN”, “Mib S” tariflar tizimlari, shuningdek, sodiqlik dasturining maxsus tariflari.
Barcha abonentlar uchun roumingda internet-to‘plamlar doirasida MB mavjud bo'lganda tariflanuvchi ma'lumotlar kvotasi – 16 KB.