Roumingda hududiy narxlash

 


Sizga shuni ma’lum qilamizki,  2017-yilning 6-dekabridan  Xalqaro avtomatik rouming xizmatiga ulanish vaqtinchalik to‘xtatiladi, endi siz safarga chiqqaningizda faqatgina “Rouming–Online” xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Xizmatlar va yo‘nalishlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumotni quyidagi internet manzildan olishingiz mumkin

Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2018-yilning 15-yanvaridan “Xalqaro avtomatik rouming” xizmati faol holatda bo‘lganida,  “Chaqiruvni saqlab turish/kutish” va “Konferens-aloqa” kabi xizmatlardan roumingda foydalanib bo‘lmaydi.

XALQARO AVTOMATIK ROUMING (XАR)– Bu xizmat orqali Ucell abonentlari O‘zbekiston raqamini horijiy uyali aloqa kompaniyalarining taqmog‘ida bo‘lganlarida ishlatishlari mumkin faqat bu kompaniya bizning rouming-hamkorimiz bo‘lishi shart.

Bugungi kunda Ucell dunyoning 160 dan ziyod mamlakatida va 330 dan ziyod mobil operatorlar tarmoqida avtomatik rouming xizmatini taqdim eatadi.

Rouming-hamkor operatorlarining tarmoqlarida qilingan barcha qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining valyutasi – UZS da amalga oshiriladi. 

Hisobingizdagi mablag‘ 210500 UZSdan kam bo‘lgan holda Ucell XAR xizmatini to‘htatib qo‘yish huquqini saqlab qoladi. Hisobingizdagi mablag‘ QQSni hisobga olgan holda 421000 UZS yoki undan ko‘p bo‘lgan holda XAR xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Xalqaro avtomatik roumingdan foydalanish holatida, hisobdan mablag’ 30 kungacha bo’lgan muddat ichida kechiktirib yechilishi mumkin. 

XAR (Xalqaro Avtomatik Rouming) xizmatini faollashtirish usuli.

Sizning tashrif buyuradigan manzilingizda XAR xizmati taqdim etilishi haqida ma‘lumot olishni unutmang. Ortiqcha vaqtni sarf qilmaslik va tushunmovchiliklarni oldini olish uchun, kompaniyamizning Bosh Ofisiga murojaat qilishingizni tafsiya etamiz.

Nomlanish Narxi
XAR xizmatiga ulanish 0 UZS
Oylik abonent to‘lovi 0 UZS
Tavsiya etiladigan to‘lovoldi 421000 UZS va undan oshiq

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, Ucell Kompaniyasi haqi keyin to’lanuvchi Postpaid tizimining korporativ mijozlariga, "Rouming-Online" (Camel texnologiyasi) xizmatini faollashtirishga imkoniyat yaratdi. 

"Rouming-Online" qay tarzda ishlaydi?

  • xizmat hisob holatidan qat’iy nazar amal qiladi;
  • tariflanish va hisobni tekshirish real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

Ucell "Rouming-Online" xizmatining ikki turini taklif etadi:

“Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” (Camel Not Full Roaming) – O‘zbekistonga chegaradosh mamlakatlardan tashqari (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkmaniston) Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari hududida, aloqadan foydalanish imkonini beradi. O‘zbekistonning chegarasiga yaqin bo‘lgan  hududlarida roumingning rejalashtirilmagan faollashuvining oldini olish uchun, “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmatini faollashtirishni maslahat beramiz. Prepaid tizimining barcha abonentlariga "Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming" xizmati avtomatik ravishda yoqiladi. ("Turist" tariflar tizimidan tashqari) 

"Dunyo bo‘ylab rouming" (Camel Full Roaming) - xizmati Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari tarmog‘ida roumingdan foydalanish imkonini beribgina qolmay, O‘zbekistonga chegaradosh hududlarida ham xizmatdan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Siz "Rouming-Online" xizmati amal qiladigan mamlakatlar va operatorlar ro’yxati bilan quyidagi yo’llanma bo’yicha tanishish imkoniga egasiz. 

Korporativ mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar) Rouming (XAR) va "Rouming-Online" xizmatlarini faollashtirish uchun ("Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming" yoki  "Dunyo bo‘ylab rouming") Kompaniya nomiga, raqamlar kimning nomiga ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, o’sha shaxs nomidan yozma ariza bilan murojaat etishlari kerak.  

Ucellning “Individual” va “Corporate VIP” toifalaridagi korporativ mijozlari *155# USSD-so'rovi yordamida "Rouming-Online" xizmatini (Camel texnologiyasi) faollashtirishlari mumkin. Xizmatni faollashtirish bepul.
Muhim: *155#  orqali “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmati yoqilganda, agar sizda"Dunyo bo‘ylab rouming" xizmati faol boʻlsa, “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming”ni faollashtirish uchun "Dunyo bo‘ylab rouming" xizmati oʻchiriladi va aksincha.

Agar abonentda “XAR rouming” xizmati faollashtirilgan bo‘lsa, “Rouming-Online” xizmatini ulash imkoni yo’q.
 

O‘zbekistondan tashqarida bolganlarida chiqish qo‘ng‘iroqlarini terish qoidalar:

Rouming-operatorlari tarmog‘idan O‘zbekistonga: +998 (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)
Ucell abonenti raqamiga: +998 93 (abonent raqami) yoki +998 94 (abonent raqami)
Xalqaro raqamga: + (mamlakat kodi) (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)

Aloqa bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lsa, nimalar qilish kerak.

Eng avvalo, telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga to‘g‘ri sozlanganliga e‘tibor bering. Telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga sozlana olmasa, uni o‘zingiz sozlashingiz lozim bo‘ladi. Sozlash qoidalari mobil telefoningizning ko‘rsatmalar kitobchasida yoki apparatingizning menyusida ko‘rsatilgan.

Telefoningizni mustaqil ravishda sozlay olmasangiz, unda O‘zbekistondagi abonent xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, muammoingiz haqida xabar qilishingiz lozim.

Ucell ning 24 soatlik abonentlarga xizmat ko‘rsatish xizmati raqamlariga murojaat qiling: +998 93 1800000, +998 93 1810000 va biz savollaringizga javob beramiz. Ucell Call-markaziga qo‘ng‘iroqlar roumingda «O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng ‘iroq» narxi bo‘yicha hisoblanadi.

 

 

Hududlar va

Mamlakatlar

O'zbekistonga

qo'ng'iroqlar

Kiruvchi 

qo'ng'iroqlar

Mahalliy

qo'ng'iroqlar

Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar

      SMS

   Iinternet

Hudud 1.

 

7 000 so'm

5 000 so'm

5 000 so'm

21 000 so'm

1 500 so'm

2 000 so'm

Hudud 2.

 

13 000 so'm

8 000 so'm

10 000 so'm

30 000 so'm

3 000 so'm

80 000 so'm

Hudud 3.

25 000 so'm

10 000 so'm

8 000 so'm

30 000 so'm

4 000 so'm

95 000 so'm

Hudud 4.

25 000 so'm

15 000 so'm

8 000 so'm

35 000 so'm

4 000 so'm

85 000 so'm

Hudud 5.

25 000 so'm

10 000 so'm

10 000 so'm

30 000 so'm

4 000 so'm

85 000 so'm

Hudud 6.

55 000 so'm

10 000 so'm

10 000 so'm

55 000 so'm

5 000 so'm

200 000 so'm

Hudud 7.

4 000 so'm

3 000 so'm

3 000 so'm

15 000 so'm

800 so'm

500 so'm

Hudud 8.

 

25 000 so'm

15 000 so'm

8 000 so'm

35 000 so'm

5 000 so'm

5 000 so'm

 
 

 

Roumingda yangi hududiy tariflanish 26.02.2025 yildan kuchga kiradi

Batafsil
Roumingda hududiy narxlash