SMS-xabar (Postpaid)


"SMS-xabar" xizmati faqat Postpaid tizimidagi korporativ mijozlar uchun amal qiladi.


"SMS-xabar" xizmati bilan Siz balansingizdagi qoldiq haqida oldindan USSD-so‘rov yubormay turib bilishingiz mumkin. Buning uchun Siz qoldiq pog‘onasini tanlashingiz lozim, tanlangan pog‘onaga yetgach, tizim Sizni SMS orqali balansingizdagi mablag’ haqida xabardor qiladi.
"SMS-xabar" xizmatidan foydalanish bepul.

Shuni inobatga olishinigizni so’raymizki, texnik nosozliklar tufayli "SMS-xabarlar" xizmatida vaqtinchalik nosozliklar vujudga keldi. Shuning uchun xizmatni ulagan abonentlar hisob belgilangan pog’onaga yetganda yuborilishi kerak bo’lgan SMSni vaqtinchalik qabul qilolmaydilar.        
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

"SMS-xabar" xizmatini faqat Uyali aloqa va radiotelefon xizmatlarini taqdim etish shartnomasining bitta abonentiga o‘rnatish mumkin. Ushbu abonent korporativ balansning ma’lum chegarasiga yetgach xabarlar qabul qiladi.

Mijozlar uchun SMS-xabarning quyidagi pog‘onalari mavjud: 

*Korporativ mijozlar uchun
421000 so'm, 168400 so'm, 42100 so'm va 4210.00 so'm
0 so'm, -210500 so'm va -631500 so'm



Xizmatni ulash uchun yoki pog‘onani o‘zgartirish uchun mijoz Kompaniyaning korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislariga yozma murojaat qilishi va SMS-xabarni qabul qiluvchi abonentning raqamini ko‘rsatishi lozim.

*Abonent to‘lovi yechilgan holatda o‘rnatilgan pog‘onaga yetgach SMS-xabar jo‘natilmaydi.

Qo‘shimcha xizmatlarni ulash va o‘chirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.