“Vaqtinchalik bloklash” xizmati

 

Bepul “Vaqtinchalik bloklash” xizmati raqamingizni 5 kun muddatga bloklab qo‘yish imkonini beradi.

Agar telefoningiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, Siz darhol Ucell Korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga (8111, +998 93 184 09 00) murojaat qilishingiz va raqamingizni 5 kun muddatga bloklab qo‘yishga yordam beruvchi “Vaqtinchalik bloklash” xizmatidan bepul foydalanishingiz mumkin.

Ucell Korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi operatori bilan bog‘langaningizda Siz yo‘qolgan abonent raqamini, raqam egasining FISh, tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari va propiska qilingan yoki ro‘yxatga olingan manzilini aytishingiz kerak bo‘ladi.

Xizmat quyidagi shartnoma turiga ega Postpaid tizimidagi jismoniy shaxslar uchun amal qiladi:

  • Corporate VIP PINFL
  • Corporate VIP Non-PINFL
  • Individual Postpaid PINFL
  • Individual Postpaid Non-PINFL

Identifikatsiya samarali tarzda amalga oshirilganida, Sizning abonent raqamingiz 5 kun muddatga vaqtincha bloklab qo‘yiladi (bu muddat davomida tarif uchun abonent to‘lovi va avval faollashtirilgan xizmatlar uchun to‘lovlar yechilmaydi).

5 kunlik muddat mobaynida Siz yo‘qolgan SIM-kartangizni tiklash uchun pasportingizning asli bilan Kompaniyaning o‘zingizga yaqin Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat etishingiz lozim. Ofis xodimi Sizning abonent raqamingizni blokdan chiqaradi va SIM-kartangizni tiklashga yordam beradi.

Agar Siz qo‘llab-quvvatlash markazi orqali identifikatsiyani samarali tarzda amalga oshirishda yuqorida ko‘rsatilgan bandlarning (telefon raqami, raqam egasining FISh, tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari, propiska qilingan yoki ro‘yxatga olingan manzili) birortasini noto‘g‘ri aytsangiz yoki yangi pasportingiz ma’lumotlarini aytsangiz, Kompaniya ma’lumotlar bazasida esa eski ma’lumotlar ko‘rsatilgan (masalan, Siz pasportingizni almashtirgan, ammo bu haqda Kompaniyani o‘z vaqtida xabardor qilmaganligingiz sababli) bo‘lsa, u holda Siz Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga pasportingizning asli bilan kelishingiz zarur bo‘ladi.

Agar abonent raqami musbat hisob holatida vaqtincha bloklangan bo‘lsa, unda raqam 5 kun o‘tgach avtomatik tarzda Faol holatga o‘tkaziladi. Agar abonent raqami manfiy hisob holatida vaqtincha bloklangan bo‘lsa, unda raqam 5 kun o‘tgach avtomatik tarzda Bloklangan holatga o‘tkaziladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi uchun abonent hisobini to‘ldirishi lozim bo‘ladi.

  • Abonent raqamini masofadan turib 5 kun muddatga bloklash faqatgina Qo‘llab-quvvatlash markazi operatorlari orqali amalga oshirilishi mumkin;
  • Raqamni 5 kunlik muddatdan avval blokdan chiqarish faqatgina Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislari xodimlari orqali amalga oshirilishi mumkin;
  • “Vaqtinchalik bloklash” xizmati Postpaid tizimidagi jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lib, bu xizmatdan 30 kunda faqat 1 marta foydalanish mumkin (ya’ni, agar Siz raqamingizni 5 kunga bloklagan, 2-kuni blokdan chiqargan bo‘lsangiz, keyingi gal oradan 28 kun o‘tgach mazkur xizmatdan foydalanishingiz mumkin);
  • Vaqtinchalik bloklashda abonent raqamingiz bloklanishidan avval mavjud bo‘lgan tarif rejasi va Siz faollashtirgan xizmatlar saqlanib qoladi (bunda faollashtirilgan xizmatlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi).