Hurmatli mijozlar!
Ma'lum qilamizki, Korporativ mijoz shaxsiy kabineti yangilanganligi sababli avtorizatsiya shakli o'zgargan. Shaxsiy kabinetga kirish imkoni oldin ulangan mijozlarga avtorizatsiyadan o'tish uchun yangi ma'lumotlar SMS orqali jo'natiladi.
Shaxsiy kabinet xizmatiga ulanishni yoki avtorizatsiya uchun raqamni o'zgartirishni istovchi yangi mijozlar yangi ariza rasmiylashtirishlari lozim. Arizani siz corporate@ucell.uz elektron pochtasiga yo'llashingiz yoki korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish ofisiga olib kelishingiz mumkin.
Ayni damda Shaxsiy kabinet bazaviy versiyada amal qiladi.
Hozir unda quyidagi imkoniyatlar bor:
-shaxsiy hisob balansini tekshirish;
-shaxsiy hisob bo‘yicha va har bir abonent bo‘yicha joriy oy uchun chiqimlarni ko‘rish;
-to‘lovlarni ko‘rish;
-taqdim etilgan hisoblarni ko‘rish va qarzdorlikni tekshirish;
-abonentlar ro‘yxatini va ularning holatini ko‘rish;
-oxirgi 30 kun uchun tafsilotga buyurtma berish.
Shaxsiy kabinetga yangi funksional qo‘shilishidan xabardor bo‘lish uchun saytda yangiliklarni kuzatib boring.
