Qaysi ilovalar va ular qancha mobil Internetni sarflayotganligi haqida ma’lumotni telefoningizni sozlamalarida bilib olishingiz mumkin:
Agar sizda Android operasion tizimiga asoslangan telefoningiz bo'lsa, "Sozlamalar" bo'limida "Ma'lumotlarni uzatish" yoki "Ma'lumotlardan foydalanish" bo'limini topishingiz kerak;
Agar sizning telefoningiz iOS operasion tizimiga asoslangan bo'lsa, "Sozlamalar" bo'limidagi "Uyali aloqa" bo’limiga o'tishingiz kerak.
Telefonlar turiga qarab, ushbu bo'limlar boshqa nomlarga ega bo'lishi mumkin.