Instagram ma’lumotlar markazi
Instagram akkauntini ikki xil usulda yaratish mumkin – Instagram ilovasida yoki instagram.com sahifasida. Agar sizning Facebook yoki Instagram akkauntingiz bo‘lsa, yangi Instagram akkauntini yaratish uchun undan foydalansangiz bo‘ladi. Har ikkala akkaunt bitta Akkauntlar markaziga qo‘shiladi va kross-servis funksiyalaridan foydalana oladi.
Agar Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz va Facebook akkauntingiz ham bo‘lmasa, qanday qilib akkaunt yaratish mumkin?
- App Store (iPhone) yoki Google Play (Android) orqali Instagram ilovasini yuklab oling.
- Ilovani o‘rnatgach, uni ochish uchun
tugmachasini bosing.
- «Yangi akkaunt yaratish»ni tanlang, o‘z elektron pochtangiz manzilini yoki mobil telefon raqamingizni kiriting va «Davom etish» tugmachasini bosing. Faqatgina o‘zingiz kira oladigan elektron pochta manzilidan foydalaning va uni to‘g‘ri ko‘rsatganingizga ishonch hosil qiling. Agarda keyinchalik Instagram akkauntingizdan chiqsangiz va parolni unutib qo‘ysangiz, o‘z akkauntingizga qayta kirish uchun siz ushbu elektron pochta manzilidan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
- O‘z elektron pochtangiz manziliga yoki mobil telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting va «Davom etish» tugmachasini bosing.
- Parol yarating va «Davom etish» tugmachasini bosing.
- O‘z tug‘ilgan sanangizni kiriting va «Davom etish» tugmachasini bosing. Hattoki kompaniya uchun, uy hayvoni uchun yoki boshqa maqsadlarda akkaunt yaratayotgan bo‘lsangiz ham, faqat o‘zingiz tug‘ilgan sanani qo‘llang.
- O‘z ismingizni kiriting va «Davom etish» tugmachasini bosing.
- Foydalanuvchi ismini yarating va «Davom etish» tugmachasini bosing.
- Instagram shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqing va, agarda ularga rozi bo‘lsangiz, akkaunt yaratish uchun «Qabul qilaman» tugmachasini bosing.
- Profil fotosuratini qo‘shing va «Davom etish» tugmachasini bosing. Buni keyinroqqa qoldirish uchun «O‘tkazib yuborish» tugmachasini bosing.
- O‘zingizning ilk postingizda profilingiz fotosuratini ulashish uchun
belgichasini bosing va «Tayyor»ni tanlang.
Facebook akkaunti yordamida qanday qilib Instagram akkaunti yaratish mumkin?
Agarda siz Facebook akkaunti yordamida Instagram akkaunti yaratsangiz, ularga kirish uchun ma’lumotlar bir xil bo‘ladi. Bundan tashqari, siz akkauntlaringizdagi profil ma’lumotlarini, masalan – ism, profil potosurati, foydalanuvchi nomi va avatar kabilarni sinxronlay olasiz.
Profil sinxronizatsiyasini istalgan payt Akkauntlar markazi orqali boshqarish mumkin.
- App Store (iPhone) yoki Google Play (Android) orqali Instagram ilovasini yuklab oling.
- Ilovani o‘rnatgach, uni ochish uchun
tugmachasini bosing.
- Agar siz o‘z Facebook akkauntingizni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, unda quyidagilarni qilishingiz mumkin:
- Facebook akkaunti yordamida Instagram akkaunti yaratishda nima bo‘lishini bilish uchun «[Ism] sifatida davom etish» tugmachasini bosish.
- Facebook akkauntidan foydalanmagan holda ro‘yxatdan o‘tish. Buning uchun «Yangi akkaunt yaratish» tugmachasini bosing va yuqorida keltirilgan yo‘riqnomalarga amal qiling.
- Facebook akkaunti yordamida Instagram akkaunti yaratish uchun «Ha, davom etish» tugmachasini, keyin esa – ilovalardagi ism, profil surati va avatarni sinxronlash uchun «Davom etish» tugmachasini bosing. Agarda mazkur qurilmada Facebook akkauntingizga hali kirmagan bo‘lsangiz, unga kirish talab etiladi.
- Agarda siz Facebook akkaunti yordamida Instagram akkaunti yaratishni istamasangiz, u holda «Facebooksiz davom etish» tugmachasini bosing.
- Foydalanuvchi ismini yarating va «Davom etish» tugmachasini bosing.
- Instagram shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqing va, agarda ularga rozi bo‘lsangiz, akkaunt yaratish uchun «Qabul qilaman» tugmachasini bosing.