Telegram ma’lumotlar markazi
Iltimos, o‘z mobil telefon raqamingizni xalqaro formatda kiritayotganingizga ishonch hosil qiling.
Masalan: +(mamlakat kodi)(shahar yoki operator kodi)(raqamingiz).
Kodni telefon qo‘ng‘irog‘i yordamida olish
Telefon qo‘ng‘irog‘i orqali aytib eshittiriladigan kirish kodining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, bu usul faqat ikki bosqichli verifikatsiya yoqilgan hisob qaydlarida ishlaydi (Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Ikki bosqichli verifikatsiya).
E’tibor bering, Telegram hisob qaydlari faqat mobil raqamga bog‘langan bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda statsionar raqamlar qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Kodni Telegram orqali olish
Agar siz yaqinda Telegram ilovalaridan birini boshqa qurilmada ishlatgan bo‘lsangiz (bu ayni shu qurilmadagi boshqa ilova bo‘lishi ham mumkin), Telegram kirish kodini sizga SMS-xabar orqali emas, balki Telegram orqali jo‘natishi mumkin.
Bunday kodni olish uchun, Telegram yoqilgan istalgan bir qurilmangizdan kirish kifoya. Uni siz ko‘k belgicha bilan tasdiqlangan profil – Telegram chatidan topasiz:

Bildirishnomalar bilan bog‘liq muammolar
Agarda yuqorida keltirilgan maslahatlar yordam bermagan bo‘lsa, u holda bildirishnomalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning batafsil yo‘riqnomasi – Troubleshooting Notification Issues bilan tanishib chiqing.