WhatsApp ma’lumot markazi
Ro‘yxatdan o‘tishning uchta usuli mavjud:
1. O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq yordamida;
2. Audioqo‘ng‘iroq yordamida;
3. SMS-xabar yordamida.
SMS-xabar yordamida ro‘yxatdan o‘tish
1. O‘z telefon raqamingizni kiriting:
- Ro‘yxatdan o‘z mamlakatingizni tanlang. Mamlakat kodi aks etuvchi chap tomondagi maydoncha avtomatik to‘ldiriladi.
- O‘ng tomondagi maydonchaga o‘z telefon raqamingizni kiriting. Telefon raqami oldidan nol (0) qo‘shmang.
2. Kod so‘rash uchun «Davom etish» tugmachasini bosing.
3. SMS-xabar orqali kelgan olti xonali kodni kiriting.
Telefon qo‘ng‘irog‘i yordamida ro‘yxatdan o‘tish
Agar siz SMS-xabardan foydalanishni istamasangiz, u holda o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq yoki audioqo‘ng‘iroq yordamida WhatsApp ilovasida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Muammolarni hal etish
Agar sizga SMS-xabar orqali olti xonali kod kelmasa:
- Bajarilish indikatori jarayon tugaganini ko‘rsatgunicha kutib turing va keyin yana bir marta urinib ko‘ring. Kutish 10 daqiqagacha vaqt talab etishi mumkin.
- Kodni tavakkaliga kiritmang: kodni tez-tez kiritish tasdiqlanishni to‘xtatishi mumkin.
- Agarda siz kodni olmasingizdan burun vaqt tugasa, unda sizga telefon qo‘ng‘irog‘ini so‘rab olish taklif etiladi. «Menga qo‘ng‘iroq qiling» opsiyasini tanlang. Qo‘ng‘iroqqa javob berganingizda, sizga avtomatik tarzda olti xonali kod aytib eshittiriladi. WhatsApp ilovasida o‘z raqamingizni tasdiqlash uchun ushbu kodni kiriting.
Agar telefon raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotgan bo‘lsangiz, quyidagilarni sinab ko‘ring:
- Telefonni o‘chiring, 30 soniya kuting va uni qayta yoqing.
- WhatsApp ilovasini o‘chirib tashlang va qaytadan uning so‘nggi versiyasini o‘rnating.
- Uyali aloqaning qabul qilishini tekshirish uchun o‘z raqamingizga istalgan telefondan, xuddi WhatsApp ilovasida o‘zingiz kiritgan formatda (mamlakat kodi bilan) SMS-xabar jo‘nating yoki qo‘ng‘iroq qiling.