Ucell mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish uchun: ilovani ochish, xizmat ko‘rsatish tilini tanlash, telefon raqamini kiritish va “Davom etish” tugmasini bosish kerak.
“Davom etish” tugmasini bosish orqali abonent ilovaning ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi.
Keyin, ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS orqali to‘rt xonali avtorizatsiya kodi yuboriladi, uni “Avtorizatsiyalash” maydoniga kiritish kerak. Shundan so‘ng abonent Ucell mobil ilovasiga kirish uchun individual doimiy parolni (to‘rt xonali raqam) o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, abonent Touch ID yoki Face ID orqali (qurilmadan kelib chiqib) Ucell mobil ilovasiga kirish funksiyasini faollashtirishi mumkin.