Avtoto‘lovlar хizmati ishga tushganini ma’lum qilishdan mamnunmiz. Foydalanuvchilar Ucell aloqa xizmatlari haqlarining avtomatik to‘lanishini, shuningdek boshqa uyali aloqa operatorlari abonentlarining hisoblarini to‘ldirishni sozlashlari mumkin. Bundan tashqari, yangi funksiya yordamida kommunal xizmatlar, internet provayderlari va boshqa ta’minlovchilar xizmatlari haqlarini to‘lashni avtomatlashtirish imkoni mavjud.