Bosh sahifa
Bu yerda abonent quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• O‘z hisobining holati, tariff bo’yicha joriy tarif rejasi, abonent to’lovi va tariff bo’yicha keying to’lov yechilish sanasi haqida ma’lumot olish;
• Trafik miqdori va tarif tafsilotlarini bilish (“Mening tarifim” bo‘limida asosiy tafsilotlar mavjud);
• Tarif ma’lumotlar blokidan so‘ng “Paketlar qoldig‘i” bo‘limida ulangan paketlardagi trafik miqdori haqida ma’lumot ko‘rish;
• “Mening tarifim” bo‘limida tarifni almashtirish yoki “Restart” xizmatini faollashtirish (agar tarif shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa);
• Joriy davr va o‘tgan oylar uchun aloqa xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar tarixini “Chiqimlar” bo‘limida ko‘rish;
• “Chiqimlar” bo‘limida abonent o‘z raqami haqidagi oldingi 30 kunlik ma’lumotlarni XLS yoki PDF formatida ham olishi mumkin. Ushbu imkoniyat “Mening tarifim” bo’limida ham mavjud.
Mablag‘lar
Bu yerda abonent quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• Ucell abonent raqamlarining (o‘ziga tegishli va “Boshqaruv” bo‘limidagi raqamlar) balansini to‘ldirish, boshqa mobil operatorlar raqamlariga to‘lov qilish, shuningdek, kommunal xizmatlar va boshqa yetkazib beruvchilar xizmatlarini to‘lash.
Uzcard va Humo milliy to‘lov tizimlari bank kartalarini bog‘lash orqali o‘z raqamingiz va boshqaruvingizdagi raqamlarning balansini to‘ldirish, mobil aloqa va boshqa xizmatlarga to‘lov qilish mumkin. Bunda SMS-xabarnoma raqami bank karta egasining abonent raqami bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Yangi bank kartasini Ucell mobil ilovasiga bog‘lash uchun ma’lumotlarni qo‘lda kiritish shart emas – karta ma’lumotlarini smartfon kamerasi orqali skanerlash yoki Galereyadan suratni yuklash kifoya.
Ucell va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlarining balansini to‘ldirish komissiyasiz amalga oshiriladi.
*Shuningdek, Ucell raqamlarini to‘ldirish uchun xalqaro to‘lov tizimlari Visa va MasterCard bank kartalaridan ham foydalanish mumkin.
• Ucell ilovasida bog‘langan bank kartalar balansini ko‘rsatishni (ko‘rsatish/yashirish) sozlash;
• Bank kartalar dizaynini boshqarish – “sozlamalar” belgisi orqali rang, fon, shriftni o‘zgartirish, karta nomini belgilash mumkin;
• “Barchasi” tugmasini bosib, kommunal xizmatlar, internet-provayderlar va boshqa yetkazib beruvchilar xizmatlarini to‘lash;
• Avtoto‘lovlarni yaratish va boshqarish – Ucell mobil ilovasida mavjud istalgan to‘lovni avtomatik rejimga o‘tkazish mumkin: Ucell va boshqa mobil aloqa operatorlari balansini to‘ldirish, kommunal xizmatlar, uy interneti va boshqa xizmatlarni to‘lash. Hatto kredit*ni ham o‘z vaqtida to‘lash mumkin!
*xizmatlar va yetkazib beruvchilar ro‘yxati Ucell mobil ilovasida moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan Uzum Bank hamkori tomonidan belgilanadi.
Xizmatlar
Bu yerda abonent quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• “Ulanganlar” bo‘limida ulangan xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish;
• “Barcha xizmatlar” yorlig‘ida, joriy tarif rejasiga muvofiq ushbu abonent raqami uchun ulash mumkin bo‘lgan xizmatlar haqida ma’lumot mavjud;
Muayyan xizmatni topish uchun Qidiruv (lupa) tugmasini bosish kifoya.
• Har ikkala bo‘limda ham o‘z raqamingiz yoki boshqaruvingizdagi raqamlar uchun xizmatlarni ulash, o‘chirish yoki vaqtincha to‘xtatish mumkin.
Yordam
Bu yerda abonent quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• Ucell qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat yuborish;
• Butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Ucell xizmat ko‘rsatish ofislarining manzillarini topish:
Ushbu bo‘limda nafaqat Kompaniya xizmat ko‘rsatish ofislarining manzillarini qidirish, balki har bir filialning ish jadvalini va ushbu ofisda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish imkoniyati ham mavjud.
Filtrdan foydalangan holda, punktlarni aniq xizmat turi bo‘yicha saralash oson. Tanlovni amalga oshirgandan so‘ng, biz ofis manzilini xaritada ko‘rsatamiz va bir necha bosishda yo‘lni belgilashga yordam beramiz.
• “Tez-tez beriladigan savollar” bo‘limida tez-tez so‘raladigan savollar bo‘yicha ma’lumot olish.
• “Maslahatlar” bo‘limida istalgan savolga javobni oson topish mumkin. Bundan tashqari, bu yerda ilova ichida mavjud bo‘lgan har qanday amaliyotni bosqichma-bosqich tushuntiramiz.
Sozlamalar
Bu yerda abonent quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• Ilovaning joriy versiyasida mavjud bo‘lgan so‘nggi qulayliklarni bu yerda har doim ko‘rsatamiz;
• Qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanish uchun elektron pochta manzilini o‘rnatish;
• Ilovadagi xizmat ko‘rsatish tilini o‘zgartirish;
• Mobil ilovaga kirish parolini boshqarish;
• “Qurilmalar” bo‘limida raqamni boshqarishga ruxsat berish yoki taqiqlashni sozlash. Agar abonent boshqa akkauntdan o‘z raqamini boshqarishga ruxsat bermoqchi bo‘lsa, bu yerda ruxsatni belgilashi mumkin. Agar abonent fikrini o‘zgartirsa va boshqa akkauntga ruxsatni bekor qilmoqchi bo‘lsa, “Boshqarishni taqiqlash”ni yoqish yoki pastda ko‘rsatilgan ma’lum bir sessiyadan chiqish kifoya;
• “Dizayn” bo‘limida mavzuni va matn hajmini o‘rnatish mumkin. “Bosh sahifa foni” yordamida ranglarni o‘zgartirish yoki rasm o‘rnatish mumkin. “Zastavka” bo‘limida Ism va Avatarni sozlash — kolleksiyadan tanlash yoki smartfon galereyasidan foto qo‘shish mumkin. Oldin o‘rnatilgan avatarni yangisiga almashtirish uchun, mavjud avatarni bir necha soniya bosib turing va yangi tasvirni tanlang;
• Ilovada mavjud bo‘lgan va ko‘rish vaqtida dolzarb bo‘lgan huquqiy hujjatlar bilan tanishish;
• Ilovani kontaktlaringiz va do‘stlaringiz bilan ulashish — bu qulay funksiya ilovani o‘rnatish havolasini telefoningiz kontaktlar kitobidagi abonentlarga bevosita yuborish imkonini beradi;
• Ilovaga baho berish — Siz bizga baho bera olasiz! Shuningdek, smartfoningiz platformasiga qarab, AppStore yoki Google Play’dagi sahifada sharh qoldirishingiz mumkin;
• Zarur huquqiy hujjatlar yoki Kompaniya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish. Shu yerda Kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga o‘tish ham mumkin;
• Akkauntdan chiqish.