Abonentlarimiz qulayligi uchun yangi «Raqamni ko‘chirish» funksiyasini taqdim etamiz. Ushbu imkoniyat yordamida Operatorni almashtirib, Ucell tarmog‘iga Ucell Mobil ilovasi orqali o‘tish mumkin, Kompaniya ofislariga tashrif buyurishga hojat qolmaydi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Ucell Mobil ilovasini App Store / Play Market do‘konlaridan o‘rnatish kerak.
Agar foydalanuvchida Ucell raqami bo‘lmasa, Ucell Mobil ilovasini ochganda «Ucell abonenti bo‘lish» → «Raqamni Ucell’ga ko‘chirish» bo‘limini tanlashi kerak.
Agar foydalanuvchi allaqachon Ucell abonenti bo‘lsa va boshqa Operator raqamini Ucell tarmog‘iga ko‘chirmoqchi bo‘lsa, Mobil ilovadagi «Sozlamalar» bo‘limiga o‘tib, «Raqamni ko‘chirish» tugmasini tanlashi lozim.
Raqamni ko‘chirish xizmatini tanlagandan so‘ng, foydalanuvchi oldida jarayonni boshlashdan avval hisobga olish zarur bo‘lgan ma’lumotlar aks etgan oynacha ochiladi.
Jarayonni boshlaganidan so‘ng, abonent qaysi turdagi SIM-kartani ko‘chirish kerakligini tanlashi kerak (jismoniy SIM-karta / eSIM).
Muhim! Xizmat har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha (o‘z ofislarimizda 18:00 gacha) amal qiladi, RUz Qonunchiligi bilan belgilangan bayram kunlaridan tashqari.