Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 29-yanvardan e’tiboran “Bor 60” tarif rejasi tarkibidan “Yandex” obunasi chiqariladi.
“Bor 60” tarifining boshqa barcha shartlari (internet-trafik hajmi, daqiqalar va SMSlar) o‘zgarishsiz qoladi.
Nimalarni bilish muhim:
- Ilgari “Bor 60” tarifiga kiritilgan “Yandex” obunasi endilikda avtomatik taqdim etilmaydi.
- Tarifida mazkur obuna oldin faollashtirilgan abonentlar obunadan 2026-yil oxirigacha foydalana oladilar.
- Zarurat tug‘ilsa, “Yandex” obunasini xizmat shartlarida alohida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi: https://ucell.uz/ru/services/yandex
Mazkur o‘zgarishlar faqat “Bor 60” tarif rejasi uchun kuchga kiradi va “Bor” tizimidagi boshqa tariflarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
2026-01-19
