Hurmatli abonentlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 9-dekabrdan boshlab roumingda quyidagi internet-to‘plamlarni ulash imkoniyati to‘xtatiladi:
• Saudiya Arabistoni uchun MIX-to‘plamlar;
• Ommabop mamlakatlar uchun MIX-to‘plamlar.
Xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladigan sanadan oldin ushbu to‘plamlarni ulagan abonentlar to‘plamlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar ulardagi limitlardan foydalanishda davom etishlari mumkin.
Ucell xizmatlaridan foydalanganingiz uchun rahmat!