"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi muddatlarda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan texnik ishlar amalga oshiriladi:
• 14.07.2026 kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlarida,
• 15.07.2026 kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha — Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida,
• 16.07.2026 kuni soat 00:00 dan 17.07.2026 kuni soat 06:00 gacha — Farg‘ona viloyatida.
Ushbu davrda taqdim etilayotgan xizmatlar sifati vaqtincha pasayishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.