“O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida 2026 yil 9 iyun kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar olib boriladi. Ushbu davr mobaynida mobil aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari sifatining pasayishi hamda xizmatlar ko‘rsatilishida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.