Endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar ham Ucell SIM-kartasini mobil ilova orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin — tez, qulay va xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurmasdan.
Ulanish yanada oson: ilova orqali atigi bir necha daqiqada ulanasiz — va shu zahoti Ucell xizmatlari, mobil internet hamda raqamli servislaridan foydalanishingiz mumkin.
SIM-kartani qayerdan xarid qilish mumkin:
- Butun Respublika bo‘ylab “Assorti” marketlari va minimarketlarda;
- Onlayn — “Uzum Market”, “Yandex Market”, “Yandex Lavka”, “Asaxiy” va “Olcha.uz” orqali.
SIM-kartani onlayn rasmiylashtiring va qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Ucell bilan aloqada qoling.