Ucell ketma-ket uchinchi yil O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet

 

 

Ucell mamlakat telekommunikatsiya bozoridagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi. Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining mustaqil tahlili yakunlariga ko‘ra, kompaniya ketma-ket beshinchi marta O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet operatori deb e’tirof etildi hamda mamlakatning eng yaxshi mobil tarmog‘i maqomini saqlab qoldi.

 

Ucellning nufuzli xalqaro mukofotlari mobil texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasidagi dunyoning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lgan MWC Shanghai 2026 (GSMA) doirasida topshirildi.

 

2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining mustaqil tahlili natijalariga ko‘ra, Ucell bir vaqtning o‘zida ikkita nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi:

  • Fastest Mobile Network in Uzbekistan (“O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet”) - ketma-ket uchinchi yil*;
  • Best Mobile Network in Uzbekistan (“O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq”)*.

 

Mazkur mukofotlar Speedtest® ilovasi foydalanuvchilari tomonidan o‘tkazilgan tezlik o‘lchovlari tahliliga asoslanadi hamda mobil tarmoqning haqiqiy ishlash ko‘rsatkichlari -  ma’lumot uzatish tezligi, ulanish barqarorligi va foydalanuvchi tajribasi sifatini aks ettiradi.

 

Stiven Bay, “Accenture” kompaniyasiga qarashli “Ookla” prezidenti va bosh direktori:

 “Ucell kompaniyasining 2026-yilning Q1–Q2 davri yakunlari bo‘yicha Speedtest Awards mukofotlarida O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq va eng yaxshi mobil tarmoq sifatida e’tirof etilishi kompaniyaning eng yuqori darajadagi mobil xizmatlarni taqdim etishga bo‘lgan qat’iy intilishini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu e’tirof Speedtest yordamida o‘tkazilgan millionlab foydalanuvchi testlarining har tomonlama tahliliga asoslangan bo‘lib, tarmoqning haqiqiy ishlash samaradorligini aks ettiradi. Ucell o‘z tarmog‘ini rivojlantirishga muntazam investitsiya kiritib, operatsion mukammallikka alohida e’tibor qaratayotganini namoyon etdi. Bu esa foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib, O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga xizmat qilmoqda.”

 

Andrey Shishkovskiy, “Ucell” bosh direktori:

“Ushbu yutuq kompaniyamiz uchun alohida ahamiyatga ega, chunki 2026-yil Ucell uchun yubiley yilidir - kompaniya O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi faoliyatining 30 yilligini nishonlamoqda. Bugungi kunda kompaniya xizmatlaridan 12 milliondan ortiq abonent foydalanmoqda. Ucell beshinchi avlod (5G) tarmog‘ini izchil rivojlantirmoqda, qamrov geografiyasini kengaytirmoqda, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilmoqda hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etib, mamlakat bo‘ylab mobil aloqa xizmatlarining yuqori sifatini ta’minlamoqda.”

 

Xalqaro mukofotlar yana bir bor tasdiqladiki, Ucell texnologik yetakchilikni saqlab qolgan holda, mobil aloqa sifati bo‘yicha yuqori standartlarni belgilamoqda va bu sifatni har kuni O‘zbekistonning millionlab aholisi his etmoqda.

 

Ookla® mobil va keng polosali tarmoqlar samaradorligini tahlil qilish sohasida dunyodagi yetakchi kompaniya bo‘lib, Speedtest® xizmati hamda Speedtest Intelligence® tahliliy platformasi bilan keng tanilgan. Speedtest Awards g‘oliblari haqiqiy foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchovlar asosida aniqlanadi, bu esa mobil tarmoqlar sifati va foydalanuvchi tajribasini xolis baholash imkonini beradi.

 

* Ucell - O'zbekistonda Ookla® kompaniyasining “Fastest Mobile Network” hamda “Best Mobile Network” mukofotlari sohibi. Ookla® Speedtest Awards, 1H 2026 Uzbekistan – 2026 Speedtest Awards ma'lumotlari bo'yicha. 2026-yil birinchi yarmiga (Q1-Q2 2026) oid Speedtest Intelligence® ma'lumotlari bo'yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida. Ucell, shuningdek, Speedtest Intelligence® ma'lumotlari bo'yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida Q1-Q2 2024, Q3-Q4 2024, Q1-Q2 2025 va Q3-Q4 2025 davrlari uchun Ookla® “Fastest Mobile Network” mukofotining, shuningdek Q3-Q4 2025 davri uchun Ookla® “Best Mobile Network” mukofotining ham sohibi hisoblanadi. Ookla® savdo belgilari litsenziya bo'yicha qo'llanmoqda va huquq egasining ruxsati bilan chop etilmoqda. Xizmatlar litsenziyalangan (AA №0006634, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan) va O'zbekiston Respublikasi hududida “COSCOM” MChJ tomonidan taqdim etiladi. Batafsil ma'lumotlarni sotuv joylaridan hamda www.ucell.uz saytidan olishingiz mumkin.

 

 

Ucell Fastest Mobile Network

 

Ucell Best Mobile Network

2026-07-14

Boshqa yangiliklar