Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell. 5G tarmog'i Toshkent va Samarqandda joriy etildi
16AVG2022

Ucell. 5G tarmog'i Toshkent va Samarqandda joriy etildi


Suratda “Ucell-Samarqand” hududiy filiali direktori Emil Kurtnazarov 5G stansiyasini ishga tushirish paytida


Ucell O‘zbekistonda beshinchi avlod uyali aloqa tizimlarini joriy etish bo‘yicha birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatgan kompaniyalar qatoriga kiradi. Bugungi kunda Ucellning beshinchi avlod mobil tarmog‘i Toshkent va Samarqandda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Toshkentning markaziy qismi: Tashkent City, “Malika” savdo majmuasi va Oloy bozori hududiga Nokia va Huawei uskunalari yordamida 5G stansiyalari o‘rnatilgan.

ShHT sammiti arafasida esa Samarqandda ham bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi.

Ucell Samarqandning markaziy qismida ZTE uskunasi ko‘magida 5G NSA tizimini ishga tushirdi. Sinov jarayonida saytning yuklash imkoniyati 1,506 Gbit/s tezlikka yetdi.

Samarqand xalqaro aeroportida Ucell ZTE uskunasiga asoslangan 5G ni ishga tushirdi, bu yopiq nuqtalarni ichki va tashqi qamrab olishni ta’minlaydi hamda tarmoq o‘tkazuvchanligi va sifatini yaxshilaydi. Uskunalarni o‘rnatish belgilangan muddatda to‘liq yakunlandi, sinovdan o‘tkazildi.
Endi butun aeroport terminali 5G aloqasi bilan qoplangan.




Hozirda butun aeroport terminali kafolatlangan 5G aloqasi bilan qamrab olingan.

“Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Ucell taqsimlangan antenna tizimi orqali ZTE uskunasi yordamida 5G tarmog‘ini ishga tushirdi. Ushbu texnologiya sayyohlik markazining barcha mehmonxonalari va kongress-hollarida 5G aloqasini ta’minlash imkonini beradi.

Beshinchi avlod mobil tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar butun mamlakat bo‘ylab Ucell ofislarida xarid qilishingiz mumkin, o‘sha yerning o‘zida sizni 5G funksiyasiga ulab berishadi.

Kelajak allaqachon shu yerda.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.