2026-yilda Ucell kompaniyasi O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi 30 yilligini nishonlaydi. Yubiley yili doirasida Ucell ommabop “BOR” tariflar tizimini kengaytirishda davom etmoqda. Jumladan, kompaniya faol foydalanuvchilar uchun ikki baravar ko‘proq internet-trafik hamda qo‘shimcha afzalliklar taklif etuvchi yangi – “Bor 90” tarif rejasini taqdim qiladi.
Oyiga atigi 90 000 so‘m evaziga 180 GB mobil internet-trafik. Bunday miqdordagi trafik abonentlarga video ko‘rish, messenjerlarda muloqot qilish, onlayn ishlash va ortiqcha cheklovlarsiz ko‘ngil ochishlar uchun internetdan bemalol foydalanish imkonini beradi.
“BOR 90” tarif rejasi qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
• 90 GB + 90 GB internet-trafik aksiya bo‘yicha
• O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar
• O‘zbekiston bo‘ylab 2000 SMS
• Tungi cheksiz internet (01:00 dan 07:00 gacha)
• Dam olish kunlari cheksiz internet (shanba va yakshanba)
• MDH mamlakatlari bo‘ylab roumingda 2 GB internet
Bundan tashqari, mazkur tarif abonentlari qo‘shimcha xizmatlarni qo‘lga kiritadilar:
• “OVVA TV” ilovasida davlat telekanallarini cheksiz tomosha qilish imkoni
• Filmlar, seriallar, musiqa va Yandex ekotizimining boshqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi “Yandex Plus” obunasi
Yangi – “BOR 90” tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun ochiq va Ucell o‘z ofislarida hamda dilerlik sotuv nuqtalarida rasmiylashtiriladi.
Yubiley tarifining ishga tushirilishi ramziy ma’noga ega: Ucell 2026-yilda Opensignal hamda Ookla mustaqil tahlil kompaniyalaridan mobil tarmoq tezligi va sifati bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi operator ekanini tasdiqlovchi biryo‘la beshta xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi. Ular orasida “Fastest Mobile Network”, “Best Mobile Network”, “Most Consistent Network Quality” hamda “The Most Reliable Network” mukofotlari bor.
Aksiya 01.05.2026-y.gacha amal qiladi.
